O‘zbekiston | 22:47 / 27.03.2020
9704
1 daqiqa o‘qiladi

544 million so‘mlik velosiped ehtiyot qismlarini yashirincha olib kirish rejasi ish bermadi

Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda Farg‘ona viloyati hududida tezkor tadbir o‘tkazishdi

Tadbir davomida yurtimizda faoliyat olib borayotgan MChJlardan birining nomiga xorijdan olib kelingan konteynerlardagi velosiped ehtiyot qismlari o‘rnatilgan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Tekshiruv davomida, umumiy qiymati 544,1 million so‘mlik 16 525 dona velosiped pokrishkalari, 27 200 dona kameralar va 3 650 dona nasoslar deklaratsiyada ko‘rsatilganidan ortiqcha ekanligi aniqlandi.

Holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid