Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp iqtisodiyotga koronavirus tufayli 2 trillion dollar yordam ajratilishi haqidagi qonunni imzoladi
Bu moliyaviy yordam paketi mamlakat tarixida iqtisodiyotga davlat tomonidan ko‘rsatilgan eng yirik ko‘mak chorasi bo‘ldi. Mablag‘lar sog‘liqni saqlash tizimini qo‘shimcha moliyalashtirishga, biznesni qo‘llab-quvvatlashga va amerikaliklarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘lovlarga sarflanadi.
AQSh prezidenti koronavirus oqibatlarini bartaraf etish va mamlakat iqtisodiyotini 2,2 trillion dollar miqdorida moliyaviy qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Bu haqda u o‘z Tvitterida ma'lum qildi.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, bu mamlakat tarixidagi eng yirik ko‘mak paketi bo‘lib, «oilalar, ishchilar va korxonalarni zudlik bilan qo‘llab-quvvatlashni ta'minlaydi».
Bu mablag‘lar amerikaliklarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘lovlar va nafaqalar berishga ham, COVID-19 infeksiyasining tarqalishidan ziyon ko‘rgan korxonalar hamda alohida shtatlarni qo‘llab-quvvatlashga sarflanadi. Bundan tashqari, sog‘liqni saflash tizimiga ham ko‘proq mablag‘ ajratish nazarda tutilgan.
Masalan, yiliga 75 ming dollar daromad qiladigan fuqarolar 1,2 ming, yosh bolali oilalar har bir farzandiga 500 dollardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘lov olishadi. Ishidan ajralgan va maoshlari qirqilganlarni ham qo‘llab-quvvatlash nazarda tutilgan. Kichik biznesning qarzlarini qoplash uchun 367 mlrd dollar ajratiladi, yana 130 mlrd dollar kasalxonalarning ehtiyojlariga sarflanadi.
Jon Hopkins universiteti ma'lumotlariga ko‘ra, AQShda COVID-19 koronavirusini yuqtirib olganlar soni 120 mingdan oshgan. AQSh bu borada Italiya va Xitoydan o‘zib ketgan.
Mavzuga oid
23:54 / 05.07.2026
Tramp Anqarada Zelenskiy bilan uchrashishi mumkin
23:22 / 05.07.2026
Oq uy FIFAdan Balogunning diskvalifikatsiyasini bekor qilishni so‘radi – OAV
12:48 / 05.07.2026
AQSh mustaqilligining 250 yilligini dabdaba va mushakbozlik bilan nishonladi (fotoreportaj)
05:49 / 05.07.2026