Toshkent viloyati IIBB epidemiyaga qarshi kurash doirasida ehtiyojmand oilalarga yordam ko‘rsatdi
Toshkent viloyati IIBB tomonidan viloyatning 3-sektor hududida qat'iy karantin tadbirlari olib borish bilan birgalikda, hududda yashovchi ijtimoiy ko‘makka muhtoj, nogironligi bo‘lgan ehtiyojmand oilalar hamda boquvchisini yo‘qotgan qariyalar holidan xabar olinib, ularning yashash sharoitiga ham alohida e'tibor qaratilmoqda.
Koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olish hamda epidemiyaga qarshi kurashish doirasida “Barchasini hamjihatlikda yengamiz” shiori ostida xayriya tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda, viloyatning 3-sektor hududi, Yangiyul shahar, Yangiyo‘l va Quyi Chirchiq tumanlarida yashovchi 150 dan ortiq ijtimoiy ko‘makka muhtoj, ehtiyojmand oilalar hamda boquvchisini yo‘qotgan qariyalar holidan xabar olinib, ularga oziq-ovqat mahsulotlari va sanitariya-gigiyenik vositalari yetkazib berildi.
Ushbu xayrli tadbirda viloyat IIBB boshlig‘i boshchiligida sohaviy xizmat rahbarlari va xodimlari ishtirok etib, sinovli damlarga ularga ko‘makchi bo‘lishlariga xayrixoh ekanliklarini bildirishdi.
Hozirda viloyatning barcha shahar-tumanlarida mas'ullar tomonidan shu kabi xayrli tadbirlar davom ettirilmoqda.
Shu o‘rinda fuqarolarimizdan, koronavirus (COVID-19) pandemiyasining oldini olish va sanitariya-epidemiologiya qoidalari, talablari va belgilangan qat'iy tartibga amal qilishlarini so‘raymiz. Barchasini hamjihatlikda yengamiz!
IIBB Axborot xizmati
Mavzuga oid
07:47 / 15.06.2021
Toshkentda IIBB xodimi va ichki ishlar bo‘limiga kelgan fuqarolar o‘rtasida kelishmovchilik kelib chiqdi
17:34 / 20.05.2021
Bo‘stonliqda Toshkent shahar IIBB xodimi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
12:01 / 06.05.2021
Ravshan Sultonxo‘jayev Toshkent shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari etib tayinlandi
23:51 / 24.02.2021