Toshkent shahrida avtomobilda harakatlanish uchun maxsus stiker yoki vakolatga ega bo‘lmay,  o‘zboshimchalik bilan karantin qoidalarini buzgan haydovchilarga nisbatan yo‘l patrul xizmati xodimlari reyd o‘tkazmoqda. Kun.uz muxbiri yo‘l harakati inspektori Shaxzod Hikmatov bilan birga bo‘lib, 31 martdan 1 aprelga o‘tar kechasi tashkil etilgan reydlarni kuzatdi. 

Reyd davomida to‘xtatilgan 60 foizdan ortiq mashina egalari maxsus ruxsatnomasiz yoki tegishli vakolatga ega bo‘lmay, karantin qoidalarini buzib, avtomobil boshqarib kelayotgani aniqlandi. Shuningdek, noqonuniy yo‘lovchi tashiyotgan, o‘z vakolatini suiste’mol qilib, xizmat paytidan tashqari bemaqsad ko‘chada yurgan fuqarolar ham aniqlandi. 

Inspektor Hikmatov tomonidan zarurat yuzasidan jamoat joyiga avtomobilda chiqqan, talabini asoslantirib bergan haydovchilarga nisbatan tushuntirish ishlari olib borildi. Ammo huquqbuzarlik qilib, karantin qoidalarini buzgan haydovchilarga ma’muriy javobgarlikda nazarda tutilgan jarima qo‘llaniladi. Huquqbuzar boshqaruvidagi mashinasi esa jarima maydonchasiga joylashtiriladi.

Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra, 2020 yil 30 martdan 20 aprelga qadar viloyatlararo, Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida avtotransport vositalari Davlat xizmatlari markazlari tomonidan beriladigan maxsus ruxsatnoma (stiker)lar asosida harakatlanishi mumkinligi belgilangandi.

Avtotransport vositalarini boshqarish uchun beriladigan ruxsatnoma (stiker) uchun arizani masofadan turib, ya’ni onlayn tarzda topshirilishi bo‘yicha tizim joriy etildi.

Unga ko‘ra, maxsus ruxsatnomani berish bepul amalga oshiriladi. Buning uchun onlayn shaklda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida so‘rovnoma to‘ldirilishi lozim.

Vaqtinchalik tartibga ko‘ra, ruxsatnoma quyidagi avtotransport vositalariga beriladi:

  • oziq-ovqat mahsulotlarini (jumladan tamaki va alkogol) va tibbiyot buyumlarini ishlab chiqaruvchi va realizatsiyasi bilan shug‘ullanadigan tadbirkorlarning avtotransport vositalari, shuningdek, mazkur tadbirkorlik sub’yektlarida doimiy mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan xodimlarning shaxsiy (mulk, ishonchnoma yoki ijara huquqi asosida) avtotransport vositalariga (dorixonalar uchun faqat har bir dorixonaga bir dona avtotransportga ruxsat beriladi);