Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Venesuela harbiy kemasi kruiz layneriga shikast yetkazmoqchi bo‘lib o‘zi cho‘kib ketdi
Venesuela harbiy-dengiz kuchlarining patrul kemasi Naiguata Karib dengizida RCGS Resolute kruiz layneriga shikast yetkazishga uringandan keyin cho‘kib ketdi.
Foto: thedrive.com
Bu haqda The Drive nashri xabar berdi.
Voqea 30 mart kuni Isla-la-Tortuga oroli yaqinida yuz bergan.
Ma'lum qilinishicha, patrul kemasi Portugaliya bayrog‘i ostida suzayotgan kruiz layneriga yaqinlashgan. Layner dvigatelining texnik ko‘rigini o‘tkazish uchun bir kun o‘chiq holda suzib yurgan.
Patrul kema laynerni Venesuela suv hududlarida noqonuniy qolmoqda, deb hisoblab, unga ketishni buyurgan.
Layner kapitani o‘z rahbariyati bilan bog‘langungacha, harbiy kema laynerga qarata bir necha marta o‘q uzgan va uni taranga olishga harakat qilgan.
Patrul kemasi laynerga bir necha marta zarba bergach, o‘ziga shikast yetib, ichiga suv tosha boshlagan va cho‘kib ketgan. Voqea oqibatida hech kim jabrlanmagan.
Venesuela mudofaa vaziri Vladimir Padrino Lopes kruiz layneri ekipajining xatti-harakatlarini “impercha tajovuzkor harakat” va “qaroqchilik” deb atagan. Biroq laynerga egalik qiluvchi kompaniyada ta'kidlanishicha, layner patrul kema va uning ekipajiga yordam kerakmasligi aniq bo‘lmaguncha joyida qolgan va shundan keyingina yo‘lini davom ettirgan.
Voqeaga olib kelgan aniq tafsilotlar hozircha noma'lum.
Ta'kidlanishicha, kruiz layneri Antarktika kruizlari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, muzliklarni yorib o‘tish uchun kuchaytirilgan korpusga ega.
Mavzuga oid
15:17 / 24.12.2025
AP: Rossiya Venesueladan diplomatlar oilalarini evakuatsiya qilishni boshladi
09:19 / 23.12.2025
Tramp: AQSh Venesuela yaqinida ushlangan tankerlar va neftni o‘zlashtiradi
14:06 / 21.12.2025
AQSh harbiylari Venesuela sohillari yaqinida yana bir neft tankerini qo‘lga oldi
16:03 / 18.12.2025