Jamiyat | 22:25 / 03.04.2020
9268
2 daqiqa o‘qiladi

Navoiyda atrof-muhitni ifloslantirayotgan ohak zavodiga majburiy ko‘rsatma berildi

Navoiy viloyatida bir korxona ishchilari yondosh ikkinchi ishlab chiqarish korxonasi atrof-muhitni ifloslantirayotgani haqida shikoyat yozishdi. Murojaat ekologlar tomonidan o‘rganib chiqildi.

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasiga Navoiy shahar Tinchlik qo‘rg‘onida joylashgan «O‘zmetkombinat» AJ «Navoiyikkilamchiqorametall» filiali ishchi-xizmatchilari tomonidan «TRIUMF-GORNYAK» MChJga tegishli ohak zavodining ishlab chiqarish jarayonida hosil bo‘layotgan chang va boshqa zararli moddalardan aziyat chekayotganligi haqidagi murojaati Navoiy viloyat Ekologiya boshqarmasi mutaxassislari tomonidan joyida o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida ohak ishlab chiqarish sexiga o‘rnatilgan chang-gaz tozalash uskunalari eskirganligi, ta'mirtalab bo‘lib qolganligi aniqlandi.

Navoiy viloyat Ekologiya boshqarmasi axborot xizmatining Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, boshqarmaning «Atrof-muhit ifloslanishini monitoring qilish» bo‘limi va Navoiy shahar Gidrometeorologiya boshqarmasi tahlilxonasi bilan birgalikda «TRIUMF-GORNYAK» MChJga tegishli ohak ishlab chiqarish jarayonidagi atmosfera havosiga zararli moddalar tashlovchi salmoqli manbasidan hamda «Navoiyikkilamchiqorametall» filiali hududidan tahlil namunalari olingan.

«TRIUMF-GORNYAK» MChJga tegishli ohak ishlab chiqarish texnologik tizimiga o‘rgatilgan chang-gaz tozalash uskunalarini ohak changini kamaytirish maqsadida modernizatsiya qilish bo‘yicha majburiy ko‘rsatma berilgan. 

Mavzuga oid