Makro supermarketlar tarmog‘i onlayn-yetkazib berishni yo‘lga qo‘ydi!
7 aprel kunidan Makro supermarketlari tarmog‘i mijozlar diqqatiga yangi, uydan chiqmay turib, zarur bo‘lgan xaridlarni amalga oshirish xizmatini yo‘lga qo‘ydi.
Makro yetkazib berish xizmati - karantin davrida talab bir necha bor oshgan, mutaxassislar jamoasi tomonidan qisqa vaqtda ishlab chiqilgan xizmatdir. 4 kun davomida xizmat sinovdan o‘tkazildi, buyurilayotgan mahsulotlarning yig‘ib joylashishidan tortib, xaridni mijozga yetkazib berishgacha butun mexanizm ishlab chiqildi.
Bugun xizmatdan foydalanish uchun xaridorga makromarket.uz sayti tizimiga kirish va quyidagi ko‘rsatmalarga amal qilishning o‘zi yetarli:
- zarur bo‘lgan tovarlarni tanlash va savatga kiritish;
- savatda tanlangan tovarning sonini ko‘rsatish va “buyurtma berish” tugmasini bosish;
- aniq manzilni ko‘rsatish;
- to‘lov shaklini tanlash;
- rasmiylashtirilgan buyurtmani tekshirib chiqish;
- “buyurtma berish” tugmasini bosish va Makro operatorining javobini kutish kerak bo‘ladi.
Tovarlar uchun to‘lovni, tovar kerakli nuqtagacha yetkazilgandan so‘ng, plastik karta yoki naqd pul bilan amalga oshirish mumkin. Makro yetkazib berish xodimlari UzCard va Humo terminallari, shuningdek kassa moslamalari bilan ta'minlangan.
Ushbu xizmatni bajaruvchi barcha xodimlar sanitariya normalariga asosan kiyinishgan, tovarlar esa omborxonada dezinfeksiyalangan, yetkazib berish ehtiyot choralariga rioya qilingan holda amalga oshiriladi.
Kafolatlangan yetkazib berish vaqti - 12 soat. Mijozning joylashuvi, yetkazib berish xodimi yo‘lining boshida bo‘lsa, tovar 3-6 soat ichida yetib keladi. Masalan, 10:00 gacha qabul qilingan buyurtmalar, shu kunning o‘zida soat 16:00 gacha yetkazib beriladi, yo‘lda birinchi joylashgan mijozlar esa ularni 14:00 larda olishadi.
Buyurtmani bekor qilishni tovarni yetkazib bergunga qadar amalga oshirish mumkin.
Hozircha yetkazib berish xizmati faqatgina Toshkent shahri bo‘ylab ishlamoqda. Boshqa viloyatlarda yo‘lga qo‘yilishi Makro sahifalarida qo‘shimcha ravishda e'lon qilinadi.
Yetkazib berish xizmat narxi 12 000 so‘m.
450 000 so‘m va undan yuqori hajmda xarid amalga oshirilganda - yetkazib berish bepul!
Makro yetkazib berish ishonch telefoni: +99878 777 0 555
Makro yetkazib berish xizmati texnik qo‘llab-quvvatlash chati: @makro_support_delivery
Shuningdek barcha Makro rasmiy sahifalarida fikrlaringizni qoldirishingiz mumkin:
Bizning saytimiz: https://makromarket.uz/
Facebook: makromarket.uz
Instagram: makro_supermarket
Toshkent shahri uchun kanal: t.me/makrosupermarket
Yetkazib berishda profilaktika qoidalariga rioya qilinadi. Siz ham ehtiyot choralariga rioya qiling. Uyda qoling va Makro supermarketlar tarmog‘ining yangi xizmatidan foydalaning!
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
17:55 / 11.08.2023
Makro “Omadli xaridor” aksiyasi yakunlarini sarhisob qildi
15:58 / 24.07.2023
Makro 700 ta ommabop tovarlarga narxlarni tushirdi
16:16 / 20.07.2023
Makro supermarketlar tarmog‘i ta’minot zanjirlari bilan qaytadan ishlashni amalga oshirdi
20:35 / 05.04.2023