O‘zbekiston | 16:27 / 09.04.2020
19664
1 daqiqa o‘qiladi

Prezident administratsiyasi «Biznesga yordam» Telegram-botini ishga tushirdi

Bot – pandemiya davrida Prezidentning iqtisodiyot sohalarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qarorlari bo‘yicha tadbirkorlar takliflarini yig‘ish uchun mo‘ljallangan.

Bot orqali tadbirkorlar karantin davrida iqtisodiyot tarmoqlari faoliyat ko‘rsatishining barqarorligini ta'minlashga oid qabul qilinayotgan prezident qarorlari loyihalariga taklif berishi mumkin.

Help Business Uzbekistan nomli bot quyidagi manzilda joylashgan: http://t.me/help_business_uzbot

Eslatib o‘tamiz, prezidentning 19 martdagi farmoni bilan inqirozga qarshi choralarning birinchi paketi qabul qilinib, shu asosda Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasiga 500 milliard so‘m qo‘shimcha mablag‘ berilishi ko‘zda tutilgan edi.

3 aprel kuni imzolangan yangi farmon bilan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashning yangi choralari belgilandi.

Комрон Чегабоев
Tayyorlagan Комрон Чегабоев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid