«Samarqand HETK»: Har qanday sharoitda xizmat ko‘rsatishga shaymiz
Kutilmagan qor, havo haroratining pasayib ketishi tabiiyki elektr tarmoqlari sohasida avariyalar sonini oshiradi. Bunday vaqtda avariyalarni tezkorlik bilan bartaraf etish har doimgidan ham muhim.
Shu sababdan ham pandemiya va qalin qor yog‘ayotgan noqulay ob-havo sharoitida ayni kunda «Samarqand hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJ xodimlari avariyalarni bartaraf etish, iste'molchilarga muntazam elektr energiyasi yetkazish tashvishi bilan band.
Xususan, «Samarqand hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJning Kattaqo‘rg‘on shahar elektr ta'minoti korxonasi ishchi-xodimlari tomonidan NIM stansiyalar, yuqori kuchlanishli tarmoqlarni ta'mirlash ishlari noqulay ob-havo sharoitida davom ettirilmoqda.
Bugungi vaziyatda har qanday sharoit va ob-havoga qaramay o‘z vazifasini vijdonan bajarayotgan ushbu soha xodimlarining zahmatli mehnati e'tirofga munosib.
Barchamiz bilamiz, har qanday sharoitda iste'molchilarni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta'minlash muhim va zarur. «Samarqand hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJ xodimlari ana shu mas'uliyatni anglab yetgan holda bugun karantin va havo haroratining pasayib ketganiga qaramay o‘z vazifalarini sidqidildan bajarmoqda.
Kecha 8 aprel kuni tunda havo keskin sovib, yoqqan kuchli qor oqibatida ayrim joylarda daraxtlar yiqilib, tarmoq simlari uzilgan. Shu tufayli iste'molchilarga elektr energiyasi yetkazib berishda uzilishlar yuzaga keldi. Texnik xodimlarimiz tomonidan muammolarni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.
«Samarqand hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJ noqulay ob-havo sharoitida elektr energiyasi ta'minotidagi vaqtincha uzilishlar oqibatida yuzaga kelgan noqulayliklar uchun siz aziz iste'molchilardan uzr so‘raydi.
«Samarqand hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJ axborot xizmati iste'molchilardan soha xodimlarining zahmatli mehnatlarini anglab yetishlarini va foydalanilgan elektr energiyasi uchun o‘z vaqtida hisob-kitob qilishlarini so‘raydi. Ayni vaqtda foydalanilgan elektr energiyasi uchun to‘lovlarni hech qayerga bormasdan, uyda o‘tirib ham uyali aloqa vositasi yordamida «Click» dasturi orqali amalga oshirish mumkin.
Biz siz uchun har qanday sharoitda xizmat ko‘rsatishga shaymiz! Siz esa uyda o‘tirib, foydalanilgan elektr energiyasi uchun to‘lovlarni vaqtida amalga oshirsangiz bas!
«Samarqand hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJ Matbuot xizmati
Mavzuga oid
22:42 / 17.09.2024
Toshkentda Bobur ko‘chasining bir qismida avtomobillar harakati cheklanadi
15:21 / 20.08.2024
O‘zbekistonda hududiy elektr tarmoqlari boshqaruvini xususiy sektorga berish boshlanadi
20:26 / 07.08.2024
Elektr energiyasi hisobi uchun yangi billing dasturi ishga tushirildi
18:47 / 31.07.2024