Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Barselona» rahbariyati korrupsiyada ayblandi, klub buni inkor qilmoqda
«Barselona»ning sobiq vitse-prezidenti Emili Ruso rahbariyatning faoliyatini tanqid qildi.
«Menimcha, kimdir klub g‘aznasidan pul o‘g‘irlamoqda. Masalan, I3 Ventures kompaniyasiga 1 mln yevro to‘landi, vaholanki, bozorda bu xizmatlarning narxi – 100 ming yevro.
Kim o‘g‘irlayapti? Albatta rahbariyatdan kimdir. Kimligini bilmayman, ammo shubham bor…», – dedi Ruso.
Fevral oyida «Barselona» klubi prezident Jozep Bartomeuning imijini ijtimoiy tarmoqlarda yaxshilash uchun I3 Ventures kompaniyasiga pul to‘lagani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ispaniyalik jurnalistlarning aniqlashicha, I3 Ventures kompaniyasi tvitter va feysbukdagi o‘ziga tegishli bo‘lgan 100ga yaqin akkauntlar orqali prezident haqidagi yangiliklarga ijobiy sharhlar qoldirgan. Messi, Pike, Gvardiola va prezidentlikka nomzod bo‘lgan boshqa shaxslar sha'niga esa salbiy izohlar berilgan.
Bu ma'lumotlar oshkor bo‘lganidan so‘ng, klub rahbariyatidagi ziddiyat kuchaygan. Rahbariyatning bir necha a'zolari Bartomeu faoliyatidan norozi bo‘lgan va klubni tark etishga qaror qilgan. Ular orasida Enrike Tombas, Silvio Elayas, Mariya Teyshidor, Xosep Pont va Xordi Kalsamilya bor.
O‘z navbatida «Barselona» Emili Ruso so‘zlariga munosabat bildirdi va bayonot berdi.
«Sobiq vitse-prezident Emili Ruso jiddiy va asossiz ayblovlarni oldinga surdi. «Barselona» korrupsiya deb baholanishi mumkin bo‘lgan har qanday harakatlarni inkor qiladi.
Bundan tashqari, noqonuniy harakatlarni qayd qilib borish huquqi borligini ham eslatadi. Shu tufayli ham Ijtimoiy tarmoqlarni monitoring qilish xizmati faoliyati mustaqil PriceWaterhouseCoopers tomonidan audit tekshiruvidan o‘tkazilmoqda», – deyiladi bayonotda.
Mavzuga oid
20:37 / 16.05.2026
Levandovski «Barselona»ni tark etishini e’lon qildi
02:34 / 11.05.2026
"Barselona" "Real" bilan o‘yinda Ispaniya chempioniga aylandi. Bunaqasi ilk bor ro‘y berdi
20:32 / 10.05.2026
“Barselona” bosh murabbiyining otasi “El Klasiko” kunida vafot etdi
11:26 / 03.05.2026