DSQ plastik kartalar mablağlari böyiça banklardan ma'lumot olmoqçi. Şov-şuvli nizom haqida batafsil
|20:46 / 11.04.202063 27110 min
Davlat soliq qömitasi bank kartalaridagi pul mablağlari haqida ma'lumot töplamoqçi. Bu haqdagi Nizom qizğin muhokama va tanqidlarga sabab böldi.
6 aprel kuni Davlat soliq qömitasi (DSQ) va Markaziy banki boşqaruvining «Özbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklari tomonidan bank hisobvaraqlariga oid axborotlarni Davlat soliq qömitasiga elektron uzatiş tartibi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida»gi qöşma qarori loyihasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylaştirildi.
Bu loyiha portalda va ijtimoiy tarmoqlarda qizğin muhokamaga va keskin tanqidlarga sabab böldi.
Loyihaning mazmuni va mohiyati nimada?
Uşbu qonun hujjatlarini qabul qilinişi orqali Davlat soliq qömitasi va uning quyi organlari:
1. korxona va taşkilotlar, yakka tartibdagi tadbirkorlarning bankdagi hisobvaraqlari böyiça ötkazilgan pul mablağlari aylanmalari töğrisidagi axborotlarni sörovga köra banklardan elektron tarzda olmoqçi;
2. bir oy davomida jismoniy şaxslarning barça bank kartalariga kelib tuşgan pul mablağlari aylanmasi 30 mln sömdan, şuningdek transaksiyalar soni 10tadan oşgan P2P (kartadan kartaga pul ötkaziş) operatsiyalari töğrisidagi axborotlarni banklardan elektron tarzda olmoqçi.
DSQ bu ma'lumotlardan qanday maqsadda foydalanmoqçi?
Qarorda «DSQ uşbu axborotlar orqali soliq tölamaslik xavfi darajasiga köra soliq tölovçilarni segmentlaydi hamda soliq töğrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilişi ustidan DSQning tegişli tuzilmalariga soliq nazoratini amalga oşiriş uçun ma'lumotlar beriladi», - deyilgan.
«Segmentlaydi» sözi katta ehtimol bilan «yaşirin tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullanayotganlar aniqlanadi va ularni soliqqa tortiş çoralari köriladi» degan ma'noni anglatadi.
Nega bu qaror portal va ijtimoiy tarmoqlarda qizğin bahs va munozaralarga sabab böldi?
Qaror loyihasi portalda qizğin muhokama qilinib, turli e'tirozlarga sabab böldi. Qayd qiliş joizki, maqola yozilayotgan paytda ularning soni 200dan oşib ketgan.
Umumlaştiradigan bölsak, fuqarolar bu qarorning «Bank siri töğrisida”gi va «Tijorat siri töğrisida»gi qonunga zid ekani, uning qabul qilinişi bank tizimiga bölgan işonçning yöqolişiga va naqd pulsiz hisob-kitoblarning kamayişiga, natijada, yaşirin iqtisodiyotning «gullab yaşnaşi»ga olib kelişi, şaxsiy mulkning daxlsiz ekani, şaxsiy ma'lumotlar sir tutilişi lozimligi haqida izoh qoldirişgan.
Mavzuga oid
E'tirozlarning asosiy qismi nizom loyihasining «pul aylanmalari 30 mln sömdan va P2P transaksiyalar soni 10tadan oşsa» degan bandiga qaratilgan.
Odamlar «plastik kartadagi mablağlar qöşimça soliqqa tortiladi» degan xavotirga tuşib qolişgan. Tabiiyki, soliq idorasining fuqarolarning hamyoniga nazar soliş va kirim-çiqimlar haqida ma'lumot oliş imkoniyatiga ega bölişi köpçilikka yoqmayapti. Ğazabnok şarhlar va izohlarning aksariyati şundan dalolat bermoqda.
DSQ qöşimça izoh berdi
Davlat Soliq Qömitasi biroz keçikib bölsa-da, uşbu masala yuzasidan öz munosabatini bildirdi.
«Bu qarorni işlab çiqişdan asosiy maqsad - tadbirkorlar soliqlarni tölaşdan boş tortmasdan qonuniy faoliyat olib borişini ta'minlaşdir. Banklar tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlarga asosan, davlat röyxatidan ötmasdan, noqonuniy tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullanayotganlarning savdo aylanmalari aniqlanadi», - deyiladi bayonotda.
DSQ bu qaror orqali Telegram kanallari, Instagram, Facebook orqali uydan çiqmasdan tovarlar va xizmatlarni sotişni amalga oşirayotganlarni aniqlab, ularning faoliyatini qonuniylaştirib, soliqqa tortişni közlayotganini bildirdi.
«Bugungi kunda mamlakatimizda raqamlaştirişning keng joriy etilayotgani natijasida elektron tijorat rivojlandi. Telegram kanallari, Instagram, Facebook orqali uydan çiqmasdan tovarlar va xizmatlarni sotiş amalga oşirilmoqda.
Bunday onlayn-dökonlarning assortimenti köpinça tadbirkorlik sub'yekti sifatida röyxatdan ötgan örtaça dökonlardan farq qilmaydi. Mahsulot yoki xizmat haqini tölaşda, bunday «sotuvçi»lar aksariyat hollarda pulni jismoniy şaxslar kartasiga (R2R) ötkazişni söraşadi.
Amaliyot şuni körsatmoqdaki, mazkur «tadbirkorlar»ning aksariyati davlat röyxatidan ötmagan. Ular daromadlarini deklaratsiya qilmaydi va şu sababli soliqqa tortilmaydi, bu «yaşirin iqtisodiyot» ösişiga olib keladi», - deyiladi DSQ bayonotida.
Savdo-sanoat palatasi qanday fikrda?
Qiziği şundaki, qaror loyihasida bu Nizomning Özbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi (SSP) bilan kelişilgani haqida yozilgan.
Ammo SSP qaror loyihasidagi bandlarga umuman qarşi ekanini ta'kidlab, uning Jamoatçilik ekspertizasi xulosasidan ötkazilgani va 30 mart kuni (ya'ni qaror loyihasi muhokama uçun portalga joylaştirilişidan 1 hafta oldin) bu haqda xulosa berganini ta'kidladi.
SSP xulosasiga köra, Nizomning bandlari «Bank siri töğrisida»gi qonun talablari va Soliq kodeksining 134-moddasi talablariga mos kelmaydi.
«Bu Nizom «Bank siri töğrisida»gi qonun talablari va Soliq kodeksining 134-moddasi talablariga mos kelmaydi.
Xususan, loyihadagi «bir oy davomida jismoniy şaxslarning barça bank kartalariga kelib tuşgan pul mablağlari aylanmasi 30 mln sömdan (şu jumladan, çet el valutasi milliy valuta ekvivalentida bölgan taqdirda) va transaksiyalar soni 10tadan oşgan R2R operatsiyalari töğrisidagi axborotlarni har oy yakuni böyiça keyingi oyning uçinçi iş kunidan keçiktirmagan holda milliy va çet el valutasida 6 va 6a-ilovalarga muvofiq», – deb körsatilgan. Biroq, mazkur talab Soliq kodeksida körsatilmagan, ya'ni bu qoida huquqiy asosga ega emas. Bayon etilganlarni e'tiborga olib, Nizom loyihasini Soliq kodeksining 134-moddasiga va «Bank siri töğrisida»gi Qonun talablariga hamda iqtisodiyoti rivojlangan ilğor davlatlarning tajribasini çuqur örgangan xolda qayta körib çiqiş tavsiya etiladi», - deyiladi xulosada.
SSP bu tavsiyalarning körib çiqilişi natijasi yuzasidan xabar beriş lozimligini körsatgan. Ammo SSP bu xabar olingani yoki yöqligi haqida ma'lumot bermadi.
Bu loyiha yuzasidan Oliy Majlis Senati Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qömitasi raisi örinbosari Odiljon Iminov ham öz xulosasini berdi.
«Muhokamaga qöyilgan hujjatda bir oy davomida jismoniy şaxslarning barça bank kartalariga kelib tuşgan pul mablağlari aylanmasi 30 mln. sömdan (şu jumladan, çet el valutasi milliy valuta ekvivalentida bölgan taqdirda) va tranzaksiyalari soni 10tadan oşgan operatsiyalari töğrisidagi axborotlarni banklar soliq idoralariga taqdim etişi belgilanmoqda. Soliq kodeksining 134-moddasida jismoniy şaxslarning bank kartalariga kelib tuşgan pul mablağlarining aylanmasi töğrisidagi ma'lumotlar öz ifodasini topmagan. Öz-özidan körinib turibdiki, muhokamaga qöyilgan hujjatga Soliq kodeksida nazarda tutilmagan me'yorlar kiritilgan. Şu bois hujjatni Soliq kodeksiga asosan qayta körib çiqiş lozim», deyiladi senatorning bayonotida.
Xulosa örnida aytadigan bölsak, Soliq qömitasi öz funksiyasini bajarişga intilib, bu nizom asosida soliqdan qoçib yurganlarni aniqlaş va soliqqa tortişni maqsad qilayotgani tuşunarli. Bu dunyo amaliyotida bor narsa.
Ammo qonun hujjatlari idoralar tomonidan turliça talqin qilinayotganini qanday tuşuniş mumkin?
DSQ va MB nizom bandlarining Soliq kodeksi va «Bank siri töğrisida»gi qonunga muvofiq deb hisoblamoqda. Savdo-sanoat palatasi va Oliy Majlis Senati Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qömitasi esa, aksinça, zid deb hisoblamoqda.
Bundan taşqari, Nizomda loyiha SSP bilan kelişilgani yozilgan. Ammo SSP öz xulosasida Nizom bandlariga qarşi bölgan fikrlarni bildirgan. Buni qanday tuşuniş mumkin?
Yana bir jihati - DSQ bir oy davomida jismoniy şaxslarning barça bank kartalariga kelib tuşgan pul mablağlari aylanmasi 30 mln sömdan, şuningdek transaksiyalar soni 10tadan oşgan P2P (kartadan kartaga pul ötkaziş) operatsiyalari töğrisidagi axborotlarni banklardan elektron tarzda olmoqçi. Xöş, bu 30 mln söm degan raqam nimaga asosan olindi? Nega 25 mln emas yoki 100 mln emas?
Albatta Özbekistondagi örtaça oylik-maoşlar miqdoridan kelib çiqadigan bölsak, bank kartasidagi aylanmalari qiymati 30 mln sömdan oşadigan odamlar köp bölmasa kerak. Borlarining hammasi ham tadbirkor emas. DSQ ularni uşlab, yoppasiga soliqqa tortişni közlamagan.
Bundan taşqari, «Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştirişga, terrorizmni moliyalaştirişga va ommaviy qirğin qurolini tarqatişni moliyalaştirişga qarşi kuraşiş töğrisida»gi qonunga köra Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti fuqarolarning bank hisobvaraqlaridagi, şu jumladan plastik kartalaridagi barça «şubhali» aylanmalari haqida sözsiz ma'lumot oliş huquqiga ega.
Bu qonun 2004 yildan beri amal qilmoqda va unda: «Yuridik va jismoniy şaxslarning pul mablağlari yoki boşqa mol-mulk bilan boğliq operatsiyalari töğrisidagi axborotni yoxud boşqa ma'lumotlarni maxsus vakolatli davlat organiga belgilangan tartibda taqdim etiş tijorat, bank siri yoki qonun bilan qöriqlanadigan boşqa sirni buziş hisoblanmaydi», deyilgan. Ya'ni DSQ barçaga sir bölib turgan ma'lumotlarni qölga kiritişga intilayotgan yagona idora emas, korxona va taşkilotlar, fuqarolarning plastik kartalardagi mablağlarning aylanmasi şudoq ham «maxsus vakolatli davlat organi» nazorati ostida turibdi.
DSQ bu Nizom orqali «yaşirin iqtisodiyot»ga barham berişni közlayotganini aytmoqda. Ammo bu Nizomning mazmun va mohiyati böyiça yetarli tuşuntiriş öz vaqtida berilmadi. Berilgan vaqtda esa «töqayga öt ketib» bölgan edi.