AirPods uçun 5 yevrolik batareyka tufayli milliarderga aylangan avstriyalik muzqaymoq sotuvçi haqida hikoya
|18:24 / 14.04.202040 45710 min
Ön uç yil avval quloq uçun eşitiş apparatlariga akkumulyatorlar işlab çiqaruvçi, ziyonga işlayotgan Bavariyadagi işlab çiqaruvçini xarid qilişni heç istamayotgandi. Heç kim, Maykl Toynerdan bölak.
Foto: Levon Biss for ForbesFoto: Levon Biss for Forbes
Öz karerasini Şenbrunn saroyida turistlarga muzqaymoq sotişdan boşlagan avstriyalik işbilarmon Apple va Samsung bilan tuzilgan bitimlar sababli, zavodga tikilgan 40 mln dollarini ön xonali songa aylantira oldi va ilk marta Forbes boylari röyxatiga kirdi.
Bavariya yaqinidagi Nerdlingen şahridagi örta asrlardan buyon saqlanib kelayotgan konferens zalda milliarder Maykl Toyner mitti batareykani öynab ötiribdi. Çaqadek keladigan bu qurilma — texnologik möjiza. Uning aylanasi bir santimetrdan sal ziyod, lekin hajmi 10 barobar katta oddiy maişiy batareykaga nisbatan 100 barobar köproq energiyani özida saqlay oladi. U 15 daqiqada töliq quvvatlanadi, söngra 5 soat davomida qayta quvvatlanmasdan işlab bera oladi. Bu qurilmaning dastlabki versiyalari Nil Armstrongning kamerasini u Oyga «Apollon-11» bilan qöngan çoğda quvvatlantirgan. Hozirgilari esa Apple AirPods Pro simsiz quloqliklarida işlatiladi.
Bu akkumulyatorlar — haqiqiy moliyaviy möjiza hamdir. 2007 yilda Toyner ularni işlab çiqaruvçi Varta kompaniyasini bor-yöği 40 mln dollarga sotib olgan. Ikki yarim yil muqaddam seriyali işlab çiqaruvçi tadbirkor va vençur kapitalist kompaniyani Frankfurt fond birjasiga çiqardi. Hozir uning bozor qiymati 2,8 milliard dollar, uning 56 foizi Toynerga tegişli. Commerzbank’ning baholaşiça, premium-klassdagi simsiz quloqliklar uçun akkumulyatorlar bozorining 50 foizdan ziyodroği Varta uluşiga töğri keladi.
AirPods Pröning savdolari, şuningdek Samsung, Jabra va Sony bilan tuzilgan bitimlar Varta’ga 2019 yilda tuşumni 34 foizga oşirib, 400 mln dollarga yetkaziş imkonini berdi. Kompaniyaning muvaffaqiyatlari va Toynerning investitsion bilimlari (Avstriya matbuoti uni «Mister 300 foiz» deb ataydi) 6 farzandning otasi bölmiş 54 yoşli tadbirkorga ilk marta Forbes milliarderlari röyxatiga kiriş imkonini yaratdi. Yangi reyting uçun hisob-kitoblarda uning boyligi 1,9 mlrd dollar deya baholangan.
«Mikroakkumulyatorlar şarofati bilan biz yiliga 50-60 foizdan oşib boradigan bozor yetakçisiga aylandik, — deydi Toyner. — Ön yildan söng garniturasiz smartfonlar qolmaydi. Ösiş istiqbollari juda ulkan».
Toynerning Varta’si — 1887 yilda asos solingan gigant nemis sanoat konsernining omon qolgan bir parçasidir. Konsern kengayib, farmatsevtik preparatlar, kimyoviy moddalar, plastmassa va albatta batareykalar işlab çiqargan. Birinçi jahon uruşidan söng kompaniyaning katta qismini BMW avtokonsernining eng ta'sir kuçi katta aksiyadori sifatida maşhur milliarder Kvandtlar oilasi sotib olgan. Oradan qariyb bir asr ötgaç Varta’ning farmatsevtika va kimyo biznesi tugagaç, Deutsche Bank va Kvandt oilasi merosxörlari kompaniyani bölaklab sota boşlaşdi. Akkumulyatorlar işlab çiqariş böyiça biznesning katta qismini Rayovac va Johnson Controls sotib oldi. Eşitiş apparatlari uçun mikroakkumulyatorlar işlab çiqaruvçi kiçik korxona eng sönggi bölib sotilgan.
«Men yagona nomzod edim, çunki Varta’ni sotib olişga heç kim jazm qila olmayotgan edi, — deb hikoya qiladi Toyner. — Ular menga pul oqimi manfiy bölgan korxonani sotişgan edi. Vaziyat özgarişi kerak edi, çunki bizda Apple bilan şartnoma bor edi. Biroq bir yil ötar-ötmas, kiçkina batareykalardan biri portladi. Biz Apple bilan şartnomani yöqotdik. Kompaniya kasod böliş yoqasiga kelib qoldi. Bank asabiylaşa boşladi, men kreditni restruktizatsiya qiliş böyiça muzokara boşladim, çunki biz foiz ham tölolmay qoldik».
Apple iPod Nanöda portlagan batareyka Varta’ni litiy-polimer akkumulyatorlarga 60 mln dollar investitsiya kiritiş fikridan qaytardi. Toyner va Varta’ning boş direktori Herbert Şayn ikki barobar kuç bilan kattaligi çaqadek keladigan litiy-ion batareykalarga yopişişdi: ular arzon işçi kuçiga ega osiyolik raqobatçilarga qarşi turiş uçun işlab çiqarişni avtomatlaştirişdi, akkumulyator quvvatini sezilarli darajada oşiriş uçun tadqiqotlarga xarajatlar qilişdi.
Varta direktorlar kengaşining azaliy a'zosi Sven Kvandtning aytişiça, uning oilasi kompaniyani sotib oliş ehtimolini körib çiqişgan, lekin faqatgina Toyner kiçkina işlab çiqaruvçini jahon yetakçisi darajasiga çiqara olişga qodir edi. «Bu kompaniya yirik biznesga tegişli edi, — deydi u. — Odamlar foyda haqida kamroq öylab, köproq işonçlilik va biznesni rivojlantiriş haqida qayğurişardi. Maykl ösiş uçun harakatlantiruvçi kuç böldi».
Akkumulyatorlar olami va Kremniy vodiysi bilan manfaatli şartnomalar turistlarga muzqaymoq sotiş bilan öz işini boşlagan kosmopolit-tadbirkorga sira yaraşmaydigan mutlaqo kutilmagan joy körinadi.
1400ta xonasi bölgan Şenbrunn saroyi uç asr mobaynida Avstriyadagi hukmdor sulola — Gabsburglarning yozgi qarorgohi bölib xizmat qilgan. Endi esa u Venaning eng asosiy osori-atiqalaridan biri. Bu yerda Toynerning işbilarmonlik karerasiga tamal toşi qöyilgan. Vena iqtisodiy universitetida huquq va boşqaruvni örganib yurgan 1991 yilda Toyner saroy hududidagi köşkda muzqaymoq bilan savdo qiliş huquqini qölga kiritadi.
Toyner yoş edi, şoşilmasdan muzqaymoq savdosidan tuşgan tuşumlardan kommunistlardan keyingi Vengriyaga oşxona mikserlarini masofadan turib sotişni, Venada tungi klublar oçiş, şuningdek, mebel dökonlari tarmoğini yölga qöyadi.
«Muzqaymoqda rentabellik akkumulyatorga köra yuqoriroq, şu sababli u mening işbilarmonlik faoliyatimda yaxşigina poydevor bölgan, — deydi Toyner. — Bu juda telba davrlar edi, men 23-24 yoşda edim, barça loyihalarim muzqaymoq va bir neça kreditlar evaziga moliyalaştirilgan edi. Men kasodga uçraşimga bir baxya qoluvdi».
Biznesni boşqariş va yurisprudensiya böyiça Ph.D. darajasini olgan Toyner öz aktivlarini sotib, Venada özining vençur fondini taşkil qiladi. U Vengriyadagi qimorbozlik öyinlari ötkazadigan, 2000 yilda birjaga 242 mln dollar baho bilan çiqqan Bwin onlayn-portaliga omadli pul tikdi.
«Maykl va pullar — bu xuddi Motsart va musiqadek gap, — deydi Toyner bilan birgalikda Bwin’ni va bir neça boşqa loyihalarni işga tuşirgan, töyida uning kuyovjörasi bölgan Manfred Bodner. — U pullarni sevadi va ularni işlab topişdan lazzatlanadi».
Toyner Bwin’da öz uluşini sotib yuborib, özining Starbet öyin kompaniyasiga asos solgaç, döstlar tört yil mobaynida gaplaşmay qöyişgan. «Maykl juda dovyurak, — deya davom etadi Bodner. — U bilan hamkorlik qiliş oson emas. Juda köpçilik bunda qiynaladi».
Maykl Toyner. Foto: Forbes
Toynerning özi ham murakkab davrlarni boşidan keçirgan. Unga ijtimoiy turar-joylarni arzon narxda xarid qiliş böyiça bitimlarda soliq tölovçilarning 43 million dollar pulini öğirlaganlik böyiça ayblov e'lon qilişgan. U özining aybini inkor etadi, biroq suriştiruv davomida Avstriya matbuoti sarlavhalarida tez-tez közga taşlana boşlaydi.
Akkumulyatorlar işlab çiqariş ham oson ketayotgani yöq: Samsung va Varta’ning boşqa mijozlari Xitoyning Eve Energy va MIC-Power işlab çiqaruvçilarining arzon akkumulyatorlaridan foydalana boşlagani haqida xabarlar tarqaldi. Bu tahlilçilar va investorlarda taşviş uyğota boşladi. Varta fevral oyida patent şartlari buzilganini da'vo qilib, Texasdagi sudga murojaat qildi. Biroq, texnologiyalar atrofidagi bahs-munozaralar sudda kamdan-kam hollarda ğalaba bilan yakunlanadi.
«Öylaşimça, nemis kompaniyalari özlarining osiyolik raqobatçilari salohiyatiga ayrim hollarda yetarli baho berişmaydi, taassufki, Varta ham aftidan şu xatoga yöl qöydi», — deydi Commerzbank tahlilçisi Stefan Klepp.
Warburg Research tahlilçisi Robert-Yan van der Horst Varta’ning nihoyatda yuqori marjinalligi raqobatçilari tufayli qisqara borsa-da, biroq işlab çiqarişni avtomatlaştiriş uçun sanoat robotlariga kiritilgan yirik investitsiyalar Bavariyadagi fabrikada «Germaniyada işlab çiqarilgan» belgisi ostida akkumulyatorlar işlab çiqariş hali davom etişini aytdi. Van der Horstning ta'kidlaşiça, eşitiş apparatlari uçun batareykalar işlab çiqarişga moslaşgan Varta’ning köhna biznesida «yiliga 1,4 million akkumulyator işlab çiqariş uçun 10 kişi band». Varta akkumulyatorlari işlab çiqariş şu darajada samarali.
Kelajak qanday sovğa tayyorlagan bölmasin, Toyner özining texnologiyasi Varta’ga yetakçi pozitsiyalarni saqlab qolişiga işonçi komil. «Bizda sifat yuqori, şuning uçun yuqoriroq narx belgilay olamiz, — deydi u. — Apple yoki Samsung quloqçinlari katta pul turadi. Uning eng asosiy detali bölmiş akkumulyator esa esa 5 yevro. Lekin u 8 oydan söng işlamay qolsa esingizdan oğib qolasiz».
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi