Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya dollar milliarderlari soni bo‘yicha Buyuk Britaniya bilan tenglashdi
Rossiyalik milliarderlar soni 128 ga yetdi, ularning umumiy boyligi 457 milliard dollarga baholanmoqda.
Foto: Vedomosti/TASS
2024 yil yakunlariga ko‘ra, Rossiya dollar milliarderlari soni bo‘yicha Buyuk Britaniyaga yetib oldi va 128 kishilik ko‘rsatkich bilan dunyoda to‘rtinchi o‘ringa chiqdi, deyiladi Altrata kompaniyasi (.pdf) hisobotida.
Shu bilan birga, eng boy rossiyaliklarning umumiy boyligi 469 milliard dollardan 457 milliard dollargacha kamaydi, garchi ularning safiga yana olti kishi qo‘shilgan bo‘lsa ham. Britaniyalik milliarderlarning umumiy kapitali 323 milliard dollarni tashkil etdi.
Dastlabki ikki o‘rinni hamon AQSh va Xitoy egallab turibdi. Bu mamlakatlarda mos ravishda 1135 va 321 milliarder yashaydi. AQShda ularning soni 85 kishiga ko‘payib, umumiy kapitali 5,74 trillion dollarga yetdi. Xitoyda ko‘rsatkichlar kamroq: 1,29 trillion dollar va yana 17 milliarder. Kuchli uchlikni Germaniya yakunlamoqda, u ham o‘ta boy odamlar soni 184 kishidan 170 kishiga (umumiy boyligi - 703 milliard dollar) qisqarganiga qaramay, o‘z mavqeini saqlab qoldi.
Top-15 talikdan, shuningdek, Hindiston, Shveytsariya, Honkong (Xitoydan alohida hisobga olingan), Fransiya, Italiya, Saudiya Arabistoni, Kanada, Singapur, Braziliya va BAA joy oldi. Shu bilan birga, Yevropada milliarderlar soni birinchi marta 1000 kishilik chegaradan oshdi.
Oxfam xalqaro tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilda dunyodagi barcha o‘ta boy odamlarning umumiy kapitali 2 trillion dollarga oshib, 15 trillion dollarga yetgan. Ularning umumiy soni 2769 kishini tashkil etdi (o‘tgan davrga nisbatan +204).
Bloomberg Billionaires Index (BBI) reytingiga ko‘ra, hozir eng boy rossiyaliklar «Interros» xoldingi va «Norilskiy nikel» kon-metallurgiya kombinati prezidenti Vladimir Potanin (29,5 milliard dollar), «Severstal» asoschisi Aleksey Mordashov (28,1 milliard dollar) va «Lukoyl» egasi Vagit Alekperov (25,7 milliard dollar) hisoblanadi. BBI reytingida jami 20 nafar rossiyalik milliarder, jumladan, Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durov ham bor. Uning boyligi 14,7 mlrd dollarga baholanmoqda.
Mavzuga oid
09:21
OAV: London Ukrainaga RFning 9 mlrd yevrolik aktivlarini topshirishga tayyor
23:00 / 04.12.2025
Amerika delegatsiyasi Zelenskiy bilan uchrashuvni bekor qilgan - OAV
15:46 / 04.12.2025
Rossiyada Roblox o‘yin platformasi bloklandi
14:59 / 04.12.2025