Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Onlayn to‘lov orqali fuqarolarni chuv tushirgan shaxs qo‘lga olindi
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Navoiy shahri, Bog‘ishamol ko‘chasida yashovchi, 1995 yilda tug‘ilgan A.K. Navoiy shahri IIBga ariza taqdim etgan, deb xabar bermoqda Navoiy viloyati IIB axborot xizmati.
Unda ma'lum qilinishicha, o‘ziga tegishli bo‘lgan milliy liboslarini sotish maqsadida saytlardan birida bergan e'loniga muvofiq, noma'lum shaxs telefon orqali murojaat etib, milliy liboslarni sotib olmoqchiligini hamda to‘lovni onlayn tarzda amalga oshirmoqchi ekanligini bildirib, A.K.dan bank plastik kartochkasining maxfiy kodini so‘ragan.
A.K.ning plastik kartochkadagi mablag‘ ko‘payish o‘rniga, undagi 4 million 337 ming so‘m qiymatdagi pul mablag‘i xufiyona tarzda yechib olindi.
Navoiy shahri IIB xodimlarining olib borgan surishtiruv natijalariga ko‘ra, ushbu jinoyatni Buxoro shahrida yashovchi, 1980 yilda tug‘ilgan T.M. sodir etganligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan T.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Mavzuga oid
14:26 / 18.03.2026
Xitoyning cho‘llanishni to‘xtatgan modeli Navoiyda sinab ko‘riladi
08:25 / 18.03.2026
Farg‘ona va Navoiyda yirik miqdordagi giyohvandlik vositalari musodara qilindi
17:56 / 10.03.2026
Navoiyda YTH oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi
10:34 / 04.03.2026