O‘zbekistonda shamol elektr stansiyasi qurilishi uchun birinchi tender boshlandi
O‘zbekistonda birinchi shamol elektr stansiyasini qurish loyihasida ishtirok etishdan manfaatdor bo‘lgan investorlar buyurtmalarini 2020 yil 13 maygacha topshirishlari mumkin
Energetika vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi mustaqil elektr energiyasini ishlab chiqaruvchilarni ushbu loyiha bo‘yicha obektlarni rivojlantirish, moliyalashtirish, qurish, egalik qilish va ulardan foydalanishda ishtirok etishga taklif etmoqda.
Shamol energiyasi loyihasi bo‘yicha birinchi tender Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining ko‘magi bilan umumiy quvvati 1 GVt bo‘lgan shamol elektr stansiyalarini qurish bo‘yicha hamkorlik shartnomasi doirasida amalga oshiriladi.
Qiziqish bildirish haqidagi takliflarni qabul qilish 100 MVt shamol elektr stansiyasini qurish bo‘yicha tender savdolarning e'lon qismidir. Tender ikki bosqichda o‘tkaziladi, ular orasida malakali tanlash hamda texnik va tijorat takliflarni ko‘rib chiqish.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qorao‘zak tumanida ushbu shamol elektr stansiyasini va tegishli infratuzilmani qurish uchun joy tanlandi. Ayni paytda ushbu hududda ekologik tadqiqotlar va qushlarning migratsiyasini o‘rganish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Shuningdek, birinchi elektr stansiyasi quriladigan maydon yaqinida umumiy quvvati 200 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasini barpo etish rejalashtirilgan. Ushbu loyihani amalga oshirish uchun shunga o‘xshash tender o‘tkaziladi.
Loyiha O‘zbekiston hukumati tomonidan amalga oshirilayotgan, qayta tiklanadigan energiya manbalarini jalb qilish bo‘yicha keng ko‘lamli strategiyaning bir qismidir.
Strategiya mamlakatda iqtisodiy o‘sib borayotgan elektr energiyasi iste'molini qondirish uchun kelgusi 10 yil ichida quvvati 3 GVt.gacha bo‘lgan shamol elektr stansiyalari qurilishini ko‘zda tutadi, deyiladi Energetika vazirligi matbuot xizmati xabarida.
Mavzuga oid
22:40 / 05.11.2024
Mudofaa «yashil energetika»ga qarshi: Shvetsiya 13 ta shamol generatori qurilishiga ruxsat bermadi
18:40 / 18.09.2024
Urganch davlat universiteti tomonidan o‘tkazilgan tenderda qonunbuzilishi aniqlandi
12:49 / 26.07.2024
Respublika “GAI”ning 26,5 mlrd so‘mlik tenderida qonunbuzilish holati aniqlandi
14:29 / 22.07.2024