Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FHDYo organlari tomonidan undiriladigan boj va yig‘imlarni taqsimlash tartibiga o‘zgartirish kiritiladi
2020 yil 1 apreldan boshlab FHDYo bo‘limlari va nikoh uylari hokimliklardan Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi tasarrufiga o‘tkazilmoqda
Davlat rahbarining “O‘zbekiston Respublikasi prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi farmoni loyihasi e'lon qilindi.
Loyiha prezidentning “Jamiyatda ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020 yil 18 fevraldagi PF–5938-son farmoni ijrosini ta'minlash, shuningdek ayrim qonun hujjatlariga tuzatishlar kiritish maqsadida ishlab chiqildi.
Prezidentning 2020 yil 18 fevraldagi PF–5938-son farmoni 23-bandiga asosan 2020 yil 1 apreldan boshlab FHDYo bo‘limlari va nikoh uylari tuman (shahar) hokimliklaridan Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi tasarrufiga o‘tkazilmoqda.
Shu munosabat bilan, loyihada FHDYo bo‘limlari va nikoh uylarining 2018 yil 1 iyuldan adliya organlari tizimidan tuman (shahar) hokimliklariga o‘tkazilishining alohida jihatlarini tartibga soluvchi prezidentning 2018 yil 12 iyundagi PQ–3785-son qarorining bir necha bandlari, shuningdek prezidentning 2018 yil 2 fevraldagi PF–5325-son hamda 2018 yil 13 apreldagi PF–5415-son farmonlarining FHDYo tizimini boshqarishga oid bandlari o‘z kuchini yo‘qotishi nazarda tutilgan.
Shu bilan birga, FHDYo organlari Davlat xizmatlari agentligi tasarrufiga o‘tkazilayotganligi sababli FHDYo organlari tomonidan undiriladigan davlat bojlari va yig‘imlarni taqsimlash tartibiga o‘zgartirish kiritilmoqda.
Bundan tashqari, loyihada prezidentning 2020 yil 31 yanvardagi PF–5930-son Farmoniga muvofiq qonun hujjatlariga ayrim tuzatishlar kiritish belgilab berilgan.
Bildirilishicha, mazkur loyihaning qabul qilinishi O‘zbekiston Davlat budjetidan qo‘shimcha mablag‘larni talab etmaydi.
Mavzuga oid
13:40 / 13.10.2025
Koreyadagi elchixona FHDYoni qayd etish bo‘yicha xorijdagi elchixonalar orasida 1-o‘rinda turibdi
10:09 / 09.08.2025
Obektlarni Fast-track usulida qurishga ruxsat berish amaliyoti bekor qilinadi
19:06 / 05.03.2025
O‘zbekiston MDH davlatlari uchun FHDYo yagona tizimini ishlab chiqadi
07:30 / 15.03.2024