Elektron raqamli imzo muddatini onlayn yangilash mumkin – DSQ
Karantin davrida korxonalar soliq inspeksiyalariga hisobot jo‘natishlari uchun elektron raqamli imzo kalitini yangilashning imkoni bo‘lmayapti. Bunday vaziyatda qanday yo‘l tutish kerak?

18 aprel kuni AOKAda o‘tkazilgan brifingda Davlat soliq qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Muzaffar Nazarov ushbu savolga javob berdi.
Ma'lum qilinishicha, elektron raqamli imzo (ERI) kalitini yangilashning masofaviy onlayn shakli yo‘lga qo‘yilgan.
“Biznesni ro‘yxatdan o‘tkazish, eksport-import shartnomalarini tuzish, hisobotlarni topshirish, shartnoma va bitimlar tuzish, elektron hisobvaraq-fakturalar kabi xizmatlardan uydan turib foydalanish uchun elektron raqamli imzo talab etilishi yaxshi ma'lum. Bu rasmiylashtiriladigan hujjatlarning qonuniyligini ta'minlaydi.
Ammo shu kunlarda Davlat xizmatlari markazi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga berilgan elektron raqamli imzo sertifikatining amal qilish muddati tugagan yoki tugaydi. Davlat soliq qo‘mitasi elektron raqamli imzo kalitini internet orqali real vaqt rejimida olish imkoniyatini ishga tushirgan.
Buning uchun e-imzo.uz saytidagi shaxsiy kabinetga eski kalit bilan kirilgan holda belgilangan amallar ketma-ketligini bajarish orqali amalga oshirish mumkin”, deya Muzaffar Nazarovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Elektron raqamli imzo kalitini yangilash tartibi:
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Propiska mashmashasi, “sud-pud demaydigan” hokim va Rossiyaga nota - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 09:15
-
Erondagi cheklovlar sababli Dubay va Sharm ash-Shayxga aviareyslar jadvali o‘zgartirildi
O‘zbekiston | 08:39
-
Eron Isroilga yangi raketalar to‘lqinini uchirdi
Jahon | 07:41
-
AQSh–Eron muzokaralari taqdiri nima bo‘ladi?
Jahon | 23:29 / 14.06.2025