Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Karantinga yopilgan do‘kondan 50 mln so‘mlik buyumlarni o‘g‘irlab ketgan shaxs aniqlandi
Holat yuzasidan Navoiy shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan
Foto: Tergov departamenti
2020 yilning 31 mart kunidan 4 aprel kuniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma'lum shaxs Navoiy shahrida joylashgan fuqaro Sh.I. (ayol)ga tegishli bo‘lgan do‘konga deraza oynasini sindirish yo‘li bilan g‘ayriqonuniy ravishda kirgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, bu shaxs u yerdan umumiy qiymati 50 755 000 so‘mlik turli xildagi atir-upalar va kumushdan ishlangan ayollar taqinchoqlarini yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringan.
Mazkur holat yuzasidan Navoiy shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “b,g” bandlari (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Olib berilgan tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni muqaddam sudlangan 42 yoshli A.A. sodir etganligi aniqlanib, hozirda mazkur jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
08:56 / 30.03.2026
Italiyadagi muzeyda yirik o‘g‘irlik: uch shoh asar yo‘qoldi
14:26 / 18.03.2026
Xitoyning cho‘llanishni to‘xtatgan modeli Navoiyda sinab ko‘riladi
08:25 / 18.03.2026
Farg‘ona va Navoiyda yirik miqdordagi giyohvandlik vositalari musodara qilindi
17:56 / 10.03.2026