Farğonada bankomatlardan pul öğirlagan bank mansabdori jinoiy jazoga tortildi. Kun.uz sud hujjati bilan tanişdi.

Öğrilik bor, iz yöq

Sud hukmiga köra, 1976 yilda tuğilgan D.I. Milliybankning Farğona viloyati boş boşqarmasi çakana amaliyotlar bölimi boşliği lavozimida işlagan.

U özi va bölim mutaxassislariga biriktirilgan logindan foydalanib, 2019-2024 yillar davomida 113 nafar mijozga tegişli bank kartalarini UzCard’dan Humöga almaştiriş jarayonida aslida mavjud bölmagan 641 mln söm pul mablağini hosil qilgan. Söngra bu pullarni boşqa plastik kartalarga mobil ilovalar orqali ötkazib, bankomatlardan naqdlaştirib olgan.

Şuningdek, D.I. 2023 yil aprel-dekabr oylari davomida 7 ta holatda bankomatlardan 845 mln söm pulni öğirlagan. Buning uçun u özida bölgan kalitdan foydalangan holda bankomat seyfini oçgan. Keyin lezviye yordamida himoya ipini kesib, kassetadan pullarni olgan hamda himoya ipini superkley yordamida qayta bir-biriga yopiştirib qöygan.

U öziga biriktirilgan login va “dostup”dan foydalanib, bankning ABT dasturiy ta’minotida “Bankomatning operatsion kuni oçildi” amaliyotini bajargan hamda bankomat ma’lumotlar bazasini yangilab qöygan. Sobiq mansabdor şu yöl bilan bankomatdan pul mablağlari öğirlaganini yaşirgan.

“Şaxsiy ehtiyojlarimga pul zarur edi”

D.I. sudda aybiga iqror bölgan.

“Bankning viloyat boş boşqarmasi va uning quyi filiallariga Toşkent şahridan bankomatlar olib kelindi. Çakana amaliyotlar bölimi boşliği bölganim sababli bankomatlarning olib kelinişi, belgilangan joylarga qöyilişi, foydalanişiga va belgilangan tartibda işlaşiga mas’ul bölganman. Bankomatlar korpuslari hamda seyflari kalitlarining 1 nusxasini özimga olib qoldim.

Çakana amaliyotlar bölimi boşliği sifatida işlab yurgan vaqtimda şaxsiy ehtiyojlarimga pul zarur bölib qoldi. 2023 yil aprel oyidan dekabr oyiga qadar Farğona şahri hududiga qöyilgan bankomatlarga borib, özimga biriktirilgan login va paroldan foydalangan holda bankomatning şu kungi iş holatini yopiş uçun “Bankomatning operatsion kuni yopildi” amaliyotini bajardim. Keyin heç kimga sezdirmay yaşirib qöygan kalitlar yordamida bankomatlar va ularga örnatilgan seyflarni oçdim. Bankomatlar seyfidagi pul qöyiş kassetalaridan 50 mln söm, 80 mln söm va 100 mln söm pul mablağlarini olib keldim