Şvetsiya möjizasi

AIK – Şvetsiyaning eng sovrindor klublaridan biri, 13 marta mamlakat çempionligini qölga kiritgan. Eng ğalati çempionlik esa 1998 yilda sodir bölgandi. Stokholmliklar turnirda eng kam gol urgan jamoa bölib turib ham, yakunda boş sovrinni qölga kiritgandi. 26 öyinda 25 gol, har bir öyinga örtaça 0.96 goldan töğri keladi.

Öşa mavsumdan oldingisida AIK atigi 8-örinni qölga kiritgandi. Vaziyatni önglaş uçun şved futboli uçun begona bölmagan, Yaponiyada işlab yurgan Styuart Bakster jamoa boş murabbiyligiga taklif qilinadi. Sönggi beş yilini kunçiqar ölkada ötkazgaç, işini özgartiriş kerakligini anglab turgan murabbiy uçun bu ayni muddao edi.

«Men boşqa jamoalar kabi öynamasligimiz kerakligini tuşunib yetdim. Şvetsiyada hamma 4-4-2 sxemasida öynar, himoyaçilar oldindagi şeriklari harakat qilişi uçun şunçaki, töpni tepib yuborişni afzal körardilar. Hatto terma jamoa uslubi ham şunaqa, barça şunga örganib qolgan, odatlangandi. Agar biz ham şunday öynasak, tabiiyki, omadliroq bölgan yoki kuçliroq ijroçilarga ega bölgan jamoa ğalaba qozonadi. Şuning uçun biroz boşqaça yöldan bordim.

AIK mavsumning ilk 10 öyinida atigi 2 marta ğalaba qozondi. Mamlakatning öşa paytdagi eng kuçli klubi «Gyoterborg»ga qarşi uçraşuv esa özgariş nuqtasi bölib xizmat qildi. Futbolçilarga uslublarim yoqar, ammo hali natija yöq edi. Öyin oldidan ularga heç narsaga yon beriş yöqligi, yo öylaganimizdek harakat qilamiz yoki men ketişimni aytdim», deya eslaydi Bakster.

Öyin davomida futbolçilardan biri qizil kartoçka olib, jamoa bir kişi kam bölib harakatlanganiga qaramasdan AIK 1:0 hisobida ğalaba qozondi. Aynan şu hisob doim jamoaga hamroh böldi – keyingi 11 ğalabaning 7tasi aynan şu minimal hisobda.

Şunday bölsa-da, sönggi tur oldidan AIKning imkoniyati juda past edi. Bir tur qolganda jamoa 0:0 öynab qöydi va «Helsinborg»ni oldinga ötkazib yubordi. Sönggi turda AIK ligada jon saqlaş uçun kuraşayotgan «Ergryuge» bilan, «Helsinborg» esa allaqaçon ligani tark etişi aniq bölgan «Heken»ga qarşi töp surişi lozim edi.

«Men klubga kelgan birinçi kuni ofisim oldida bir yigitçani körgandim. U mendan jamoa bilan şuğullaniş borasida ruxsat söradi. U Portugaliyaga ketmoqçi edi va öz sport formasini uşlab turmoqçi bölgan. Bilişimça, u jamoada öynagan, lekin ba'zi muammolar tufayli şartnomasi uzaytirilmagan ekan.

Men unga qolişga ruxsat berdim. Hujumçilardan qiynalib qolganimizda esa, u bilan yangi şartnoma tuzişni söradim. Muammo şunda ediki, u gol urmasdi. Muxlislar va jurnalistlar meni tanqid qilişar, hujumçida gollar yöqligini aytişardi. Rostini aytganda, özi heç kim gol urolmayotgandi-da», deydi murabbiy.