Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida kavlab olishni amalga oshirish faoliyatiga o‘zgartirish kiritiladi
“Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirish kiritiladi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 38-1-moddasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi e'lon qilindi.
O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 23 sentyabrda qabul qilingan “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi 2018-XII-sonli Qonunning 38-1-moddasi ikkinchi qismidagi “1” raqami “5” raqami bilan almashtiriladi.
Ya'ni, qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida kavlab olishni amalga oshirishda bunday faoliyat uchun yer qa'ri uchastkalari, shu jumladan o‘lchamlari 5 gektardan ortiq bo‘lmagan sochma oltin konlari yer osti kon qazishmalari yo‘laklarisiz va portlovchi moddalardan foydalanmagan holda xavfsiz (yo‘l qo‘yiladigan) chuqurlikkacha beriladi.
Tadbirkorlik tavakkalchiligi asosida qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida kavlab olishni amalga oshirish maqsadida yer qa'ri uchastkalari yuridik va jismoniy shaxslarga beriladi.
Yer qa'ridan foydalanuvchilar ishlarni olib borayotganda qimmatbaho metallarni ajratib olishning rudani faqat maydalashni va gravitatsiya usulini qo‘llash huquqiga ega.
Kimyoviy reagentlar qo‘llanilgan holda qimmatbaho metallarni ajratib olish texnologiyasidan foydalanish taqiqlanadi.
Mavzuga oid
12:29 / 26.03.2026
Noqonuniy tilla savdosi: tezkor tadbirlarda yirik holatlar aniqlandi
07:37 / 11.02.2026
Qizil metall uchun kurash: mis bozorida kuchlar nisbati
11:54 / 14.06.2025
Toshkentda quyma oltinga o‘xshatib tayyorlangan metallarni 70 ming dollarga sotayotganlar ushlandi
14:38 / 28.05.2025