Zero, taraflarning tergovga qadar tekşiruv va dastlabki tergov bosqiçidayoq teng huquqiy imkoniyatlarga ega bölişi – mazkur iş yuzasidan adolatli sud hukmiga erişişning kafolati bölib xizmat qiladi.
Jinoyat protsessida tortişuv bu – turli (ayblov va himoya) pozitsiyadagi taraflarning jinoyat işlarini yuritiş jarayonidagi özaro töqnaşuvi bölib, ular qonun tomonidan özlariga berilgan vakolat va huquqlardan foydalangan holda harakat qiladilar. Tortişuv prinsipining amalga oşirilişi iş töliq, xolis va beğaraz körib çiqilişining kafolati hisoblanadi. Bu öz navbatida, haqiqatni aniqlaşga va iş böyiça adolatli qaror qabul qilişga imkon beradi.
Özbekiston Respublikasining Jinoyat protsessual kodeksi 25-moddasiga köra, birinçi instansiya sudining sud majlisida, şuningdek işlar yuqori sudlarda körilayotganda iş yuritiş taraflarning özaro tortişuvi asosida amalga oşirilişi belgilangan. Işni sudga qadar yuritişda esa ayblov tarafi, ya'ni suriştiruvçi, tergovçi va prokuror iş yuzasidan hal etuvçi ahamiyatga ega şaxslar hisoblanadi va bu jarayonda himoyaçining protsessual maqomi zaifligi va iş taqdirini hal etişga bölgan protsessual vakolati va imkoniyati yöqligi kuzatiladi. Biroq bugungi kunda sud-huquq tizimidagi zamonaviy talablar va xalqaro standartlar himoyaçining aynan işni sudga qadar yuritiş bosqiçidayoq ayblov tarafi bilan teng imkoniyatda öz faoliyatini amalga oşirişini talab etmoqda.
Bunga qanday erişiş mumkin? Ma'lumki, Özbekiston Respublikasi JPKda dalillar tergov va sud harakatlarini yuritiş yöli bilan töplanişi belgilangan. Biroq tergov va sud harakatlarining heç birini himoyaçi mustaqil ravişda amalga oşira olmaydi. Himoyaçiga dalillar töplaş yuzasidan berilgan huquqlar esa himoyaçining öz faoliyatini tölaqonli amalga oşirişida yetarliça imkoniyat yaratib bera olmaydi.
Şu örinda ta'kidlaş lozimki, hozirda mavjud sud-tergov amaliyotiga muvofiq, tergovçi dalil yiğiş maqsadida xohlagan şaxsni hattoki öşa şaxs tergov hibsxonasi yoki jazoni ijro etiş muassasasida saqlanayotgan bölsa ham, guvoh sifatida söroq qiliş huquqiga ega. Biroq himoyaçi işga taalluqli axborotga ega bölgan şaxslarni sörovdan ötkazişi va yozma tuşuntirişlar olişi uçun ularning roziligi talab etiladi.
Bundan taşqari, advokatning samarali faoliyat yuritişi va iş yuzasidan yetarliça dalillar töplaşidan tergovçi va prokuror köp hollarda öz kasbiy faoliyati nuqtayi nazaridan kelib çiqib manfaatdor bölmaydi. Masalan, ekspertiza tayinlaş töğrisidagi qarorda himoyaçini qiziqtirgan va iş yuzasidan holatni yanada aniqlaştirişga qaratilgan savollarning aks ettirilişi suriştiruvçi, tergovçi yoki prokurorning xohişiga boğliq ekanligi himoyaçi faoliyatini qiyinlaştirişga olib keladi, ayblov tarafiga esa uşbu holat ustunlik beradi. Natijada esa himoyaçining muvaffaqqiyatli faoliyat olib borişida sun'iy tösiqlar yuzaga keladi.
Bu holatni nemis huquqşunosi Ferdinand Lassal ta'biri bilan ifodalaydigan bölsak, «qonuniy, asoslangan va adolatli sud hukmiga erişiş uçun prokuror yuzdan oşiq politsiyaçidan iborat butun boşli komanda bilan harakat qilsa, advokat esa bu yölda yolğiz özi harakat qiladi va kuraşadi».
Sud-huquq tizimida uzoq yillar davomida şakllangan prokurorning va umuman ayblov tarafining jinoyat işlarini yuritişdagi mutlaq huquq va vakolatlar sohibi ekani, bugungi rivojlangan, inson huquq va erkinliklari eng oliy qadriyat sifatida ustun mavqega ega bölgan hozirgi kunda zamonaviy prinsiplar va xalqaro standartlar talablariga mutlaqo mos kelmasligini körsatadi. Bu bilan prokuror va advokat tölaligiça teng huquqli şaxslarga aylanişi kerak, degan fikrni bildirişdan saqlangan holda, inson taqdiri hal etiladigan bosqiçlarda protsess taraflarining teng imkoniyatlarda harakatlanişlariga erişiş bugungi kun talabidir, deyiş töğriroq böladi.
Şu örinda, himoyaçining ayblov tarafi bilan teng imkoniyatlardan foydalanişi uçun uning xolis organ bölgan sudga murojaat qilişi orqali öz imkoniyatlarini kengaytirişi maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Biroq respublikamizda bugungi kunda 4000ga yaqin advokat faoliyat yuritişini hamda sudning asosiy vazifasi odil sudlov faoliyatini olib boriş ekanligini nazarda tutadigan bölsak, sudlardagi iş hajmining yuqoriligi sababli, işni sudga qadar yuritişda advokatlarning har bir murojaatini töliq va har tomonlama örganib çiqiş imkoniyati sudlarda mavjud emasligini körişimiz mumkin. Şu sababli, aynan işni sudga qadar yuritişda taraflar özlariga berilgan huquqlardan tölaqonli foydalanişlari hamda öz protsessual majburiyatlarini bajarişlari uçun bu jarayonda xolislik hamda beğarazlikni ta'minlovçi jinoyat işlari böyiça tuman (şahar) sudlari tarkibida tergov sudyasi lavozimini joriy etiş maqsadga muvofiqdir.
Bu bilan işni sudga qadar yuritişda ayblov tarafining ustunlik mavqeyiga barham berilib, himoya tarafining protsessual maqomini oşirişga imkoniyat yaratiladi. Bu esa, sud-huquq tizimida yana bir yangi islohotni amalga oşiriş zaruriyatini taqozo etadi.
Tergov sudyasi özi kim? Tergov sudyasi – jinoyat işlarini yuritişning sudga qadar bölgan bosqiçlarida faoliyat olib boruvçi, ayblov va himoya tarafining harakatlarini muvofiqlaştirib va nazorat qilib turuvçi hamda ularning öz huquq va vakolatlarini amalga oşirişlari uçun zaruriy şart-şaroitlarni yaratib beruvçi mas'ul mansabdor şaxs hisoblanadi.
Vakolat doirasiga köra, tergov sudyasi zimmasiga Özbekiston Respublikasi JPKda körsatilgan işni sudga qadar yuritiş jarayonida sudning qarori (ajrimi) talab qilinadigan protsessual harakatlar böyiça sud vakolatlarining barçasi ötkaziladi.
Eng asosiysi esa, tergov sudyasining iş yuzasidan xolislikni va taraflar tengligini ta'minlaşi nuqtayi nazaridan kelib çiqib, unga ayblov tarafining bir qator vakolatlari, jumladan, qamoqqa oliş yoki uy qamoği tarzidagi ehtiyot çorasini özgartiriş, mol-mulkni xatlaş va uni ta'qiqdan yeçiş, ekspertiza, taftiş tayinlaş töğrisida qarorlar qabul qiliş, tergovga qadar tekşiruvni amalga oşiruvçi organ mansabdor şaxsining, suriştiruvçi va tergovçining qonunga xilof hamda asossiz qarorlarini bekor qiliş kabi vakolatlarining ötkazilişi maqsadga muvofiqdir.
Şuningdek, tergov sudyasining advokat sörovi yuzasidan mansabdor şaxs tomonidan rad javobi berilgan taqdirda, tegişli yuridik yordam körsatiş va himoyasi ostidagi şaxs manfaatlarini himoya qiliş uçun zarur bölgan har qanday ma'lumot, hujjat yoki narsalarni talab qilib oliş töğrisidagi himoyaçi iltimosnomasini körib çiqiş va tegişli organlarga sörov yuboriş vakolatiga ega bölişi muhim ahamiyat kasb etadi.
Şu bilan birga, advokat gumon qilinuvçi yoki ayblanuvçi tariqasida işga jalb etilgan hollarda advokatga nisbatan protsessual harakatlarni amalga oşirişga sanksiya beriş bilan boğliq vakolatlar ham tergov sudyasiga berilişi tergov sudyasi faoliyatining ahamiyatli jihatlaridan biri sifatida belgilanadi.
Şu tariqa, iş yuzasidan xolislik ta'minlanişiga tösqinlik qiladigan köplab vakolatlarning boşqa bir mustaqil organ iş yurituviga ötkazilişi natijasida sudga qadar yuritişda taraflar tengligining ta'minlanişiga, bu jarayonda taraflar faoliyati ustidan sud nazoratining muvaffaqqiyatli amalga oşirilişiga, şuningdek himoyaçining öz kasbiy faoliyatini amalga oşirişida keng imkoniyatlar va qulayliklar yaratilişiga erişiş mumkin.
Bugungi kunda tergov sudyasi instituti dunyoning köplab davlatlarida faoliyat olib bormoqda. Xususan, Belgiya, Gretsiya, Iroq, Ispaniya, Niderlandiya va Xorvatiya davlatlarida, ayniqsa Fransiyada öz faoliyatini muvaffaqqiyatli amalga oşirib kelmoqda hamda bir qator sobiq sovet ittifoqi davlatlarida ham tergov sudyasi instituti jadallik bilan joriy etilmoqda.
Jumladan, 2002 yilda Litvada, 2003 yilda Moldaviya va Estoniyada, 2005 yilda Latviyada, 2013 yilda Ukrainada, 2015 yilda esa Qozoğiston va Gruziyada uşbu institut joriy etildi. Qirğiziston va Armaniston Respublikalarida esa tergov sudyasi institutini joriy etiş masalasi hozirda körib çiqilmoqda.
Xulosa qilib aytadigan bölsak, respublikamizda ham jinoyat işlari böyiça tuman (şahar) sudlarining tarkibida va mavjud ştat birliklari doirasida tergov sudyasi institutining joriy etilişi jinoyat işini sudga qadar yuritişda ayblov tarafi vakolatlari va himoyaçi huquqlarining tengligi ta'minlanişiga imkon beriş bilan bir qatorda advokatura institutini rivojlantiriş va advokatlar maqomini tubdan oşirişga qaratilgan islohotlarni yangi bosqiçga kötarişga xizmat qilgan bölar edi.
Dilbar Çoriyeva,
Toşkent davlat yuridik universiteti doktoranti












