Milliy statistika qömitasi ma’lumotlariga köra, 2025 yilning 1 aprel holatiga Özbekiston Respublikasida jismoniy şaxslarga tegişli 4 522,1 mingta avtotransport vositalari röyxatga olingan.

Ularning asosiy qismini yengil avtomobillar (jamiga nisbatan uluşi 93 foiz) taşkil etadi.

2025 yilning dastlabki uç oyi davomida avtomobillar soni 79,8 mingtaga oşgan.

2025 yilning 1 aprel holatiga jismoniy şaxslarga tegişli avtotransport vositalarining turlari böyiça soni quyidagiça:

  • yengil avtomobillar – 4 207,6 ming dona;
  • yuk avtomobillari – 293,3 ming dona;
  • mikroavtobuslar – 7,7 ming dona;
  • maxsus transport vositalari – 7,4 ming dona;
  • avtobuslar – 6,1 ming dona.