Ötgan yili dekabrda Farğona şahridagi noqonuniy propan şoxobçasi portlab, tört kişining ölimiga sabab bölgandi. Bu fojiada bir qizi va uç nabirasidan ayrilgan Jamila Oripova Kun.uz'ga murojaat qilib, jigarlarini yöqotgan mudhiş kunni esladi, bölib ötgan sud jarayonidan noroziligini bildirdi.

2024 yil 17 dekabr kuni Farğona şahri Ahmad Yassaviy köçasida joylaşgan qöşyoqilği (benzin va propan) quyiş şoxobçasida portlaş röy berib, bir neça fuqaro halok bölgan edi. Voqeada aybdor deb topilgan tört kişiga nisbatan sud hukmi çiqarildi. Asosiy aybdor deb körilgan, özini şoxobçaning rahbari deb taniştirgan Mansur Matkarimov 5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

Mudhiş hodisada Jamila aya Oripova bir qizi va 3 nabirasidan ayrilgan. 1988 yilda tuğilgan qizi Sevara Yusupova, uning ikki farzandi Muhammadyusuf Ikromov (2020 y.t.) va Zubayr Ikromov (2022 y.t.) hamda Jamila Oripovaning katta qizining 18 yoşli farzandi Söğdiyona Umrzoqova fojia qurbonlari bölişgan.

Jamila aya Oripova

“Nevaralarim Muhammadyusuf va Zubayr betobligi uçun 2024 yilning 17 dekabr kuni qizim Sevara ularni bolalar şifoxonasiga olib borgan. Navbat köp bölgan. Vaqt ötkaziş uçun öşa portlagan zapravka yonidagi bolalar öyingohiga kirişganmi, bilmayman...

Tösatdan qudam telefon qilib: “Zapravka portlab ketibdi, Sevara qayerda” deb söradi. Men qizim nevaralarim bilan birga şifoxonada ekanini aytdim. Qudam telefon qilyapman, olişmayapti deya xavotirlana boşladi. Keyin men ham telefon qildim, kötarişmadi.

Portlaşda vafot etgan Sevara Yusupova, Söğdiyona Umrzoqova, Muhammadyusuf va Zubayr Ikromovlar

Keyin yana va yana telefon qildim. Birozdan keyin, qizimning telefonini IIB xodimi kötarib, telefon egasi tez yordam bölimida ekanini aytdi. Şoşganimça şifoxonaga bordim. Lekin ularni topa olmadim.