Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jinoyat ishlari bo‘yicha Yangiariq tuman sudi tergov sudyasi tezkor tadbirda ushlandi
U jinoyat ishi bo‘yicha yordam berish evaziga muqaddam olgan pullarning bir qismini fuqaroning talabi bilan qaytargan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Yangiariq tumani sudi tergov sudyasi tezkor tadbirda ushlandi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati rasmiy bayonot berdi.
Ma’lum qilinishicha, bugun Oliy sud tashabbusi bilan huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda jinoyat ishlari bo‘yicha Yangiariq tuman sudining tergov sudyasi M.S. fuqaro O.O.ga oid jinoyat ishi bo‘yicha yordam berish evaziga muqaddam olgan pullarning bir qismini arizachining talabi bilan qaytargan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
“Oliy sud keng jamoatchilik e’tiborini sud organlarida korrupsiyaga qarshi murosasiz va keskin kurash bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rilayotganiga qaratib, sud tizimini nopok kadrlardan tozalash borasida barcha zarur sa’y-harakatlar amalga oshirilayotganini ma’lum qiladi”, deyiladi rasmiy bayonotda.
Oliy sud fuqarolarni sud organlarida korrupsiyani tag-tomiri bilan bartaraf etishda faol hamkorlikka chaqirgan.
Mavzuga oid
19:51 / 30.06.2026
“Farhod” avtoehtiyot qismlar bozoridagi jinoiy guruh a’zolariga hukm o‘qildi
11:56 / 30.06.2026
Doniyor Turg‘unov ustidan sud boshlandi: avtomobilni olib qochish moddasi ayblovdan chiqarilgan
18:40 / 23.06.2026
Falajlikda o‘tgan 4 yil yoxud Islomov rahbarligi davrida sud tizimi
09:00 / 16.06.2026