Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Vaqtincha olib kirish to‘g‘risidagi konvensiyaga qo‘shildi
Prezident 2020 yil 24 aprelda PQ-4694-son tegishli qarorni imzoladi.
O‘zbekiston Vaqtincha olib kirish to‘g‘risidagi konvensiyaga (Istanbul, 1990 yil 26 iyun) qo‘shildi, deb yozmoqda Norma.
Respublika uning quyidagi ilovalarini qabul qilmoqda:
A-ilova. «Vaqtincha olib kirish hujjatlari to‘g‘risida (A.T.A karnetlari va C.P.D karnetlari)»;
V.1-ilova «Ko‘rgazmalar, yarmarkalar, konferensiyalar yoki shu kabi tadbirlarda namoyish qilish yoxud foydalanish uchun tovarlar to‘g‘risida»;
V.2-ilova «Professional asbob-uskuna to‘g‘risida»;
V.3-ilova «Tijorat operatsiyasi munosabati bilan olib kirilgan konteynerlar, poddonlar, o‘ramlar, namunalar va boshqa tovarlar to‘g‘risida»;
V.5-ilova «Ta'lim, ilmiy yoki madaniy maqsadlarda olib kirilgan tovarlar to‘g‘risida»;
V.6-ilova «Sayohatchilarning shaxsiy buyumlari va sport maqsadlarida olib kirilgan yuklarga tegishli ilova».
Qayd etilishicha, konvensiya olib kirish bojlari va yig‘imlarini to‘lashdan shartli ravishda ozod qilgan hamda iqtisodiy tusdagi importga nisbatan taqiq yoki cheklovlarni qo‘llamagan holda ayrim tovarlar va transport vositalarini bojxona hududiga olib kirishni tartibga soladi.
O‘zbekiston tomonidan mas'ul bo‘lgan vakolatli organ – Davlat bojxona qo‘mitasi. Idora 2 oy muddatda konvensiyani qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlashi shart. O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi vaqtincha olib kirish to‘g‘risidagi hujjatlarni beradi va vaqtincha olib kirish shartlari buzilgan taqdirda bojxona to‘lovlari to‘lanishini kafolatlaydi.
Hujjat 24.04.2020 yildan kuchga kirgan.
Mavzuga oid
21:34 / 13.06.2026
Andijonda oltinlarni turli nayranglar orqali olib kirishga uringan shaxslar to‘xtatib qolindi
09:50 / 12.06.2026
Ichki kiyimga yashirilgan giyohvandlik moddasi saqlovchi kapsulalar aniqlandi
21:11 / 30.05.2026
Farg‘onada 1 mlrd 247 mln so‘mlik dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi
08:34 / 22.05.2026