Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
EPSILON DC: Potensial zaxiralari qariyb 10 mlrd. kub.m gazga teng bo‘lgan Ayzavat yangi gaz kondensat koni ochildi
Foto: EPSILON
Joriy yilning 28 aprel kuni Ayzavat-8 qidiruv qudug‘ida burg‘ulash ishlaridan so‘ng, 2955 m chuqurlikning ochiq stvolida kunlik hajmi 1 mln. kub.m ga teng bo‘lgan gaz oqimi olindi. Quduqdan chiqayotgan gazning aniqlashtirilgan debit hajmi u yangi gaz quvuriga ulangandan keyin ma'lum bo‘ladi.
Barcha ishlar sanitar-epidemiologiya talablariga hamda ekologiya me'yorlariga qat'iy amal qilingan holda olib borilmoqda.
Amerikaning Oilfield Tools Nevada LLC, USA kompaniyasi bilan hamkorlikda Kultak-Qamashi investitsiya blokida joylashgan Ayzavat-8 qudug‘ida «Uralmash 3D» burg‘ulash uskunasini unga zamonaviy butlovchi qismlar va avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi o‘rnatilishi hisobiga modernizatsiyalash ishlari amalga oshirildi. Tatbiq etilgan mazkur innovatsiya maksimal burg‘ulash tezligini 10 dan 22 m/soatgacha, ya'ni ikki barobarga oshirishga hamda ishlarni belgilangan muddatdan 25 kun ilgari yakunlashga imkon berdi.
Shuningdek, ayni paytda mazkur investitsiya blokida joylashgan yangi istiqbolli tuzilma hisoblanmish Shimoliy Bishkentdagi 1-sonli qidiruv qudug‘ida ham burg‘ulash ishlari yakunlanmoqda.
Qazib olinayotgan uglevodorodlarning hammasi mamlakat ichki bozoriga berilmoqda.
Epsilon Matbuot xizmati
Mavzuga oid
10:51 / 15.11.2022
EPSILON (EDC): Karakara-2 qudug‘i berayotgan kunlik gaz hajmi 100 ming kubmetrni tashkil etdi
16:12 / 27.10.2022
EPSILON (EDC): Ernazar-12 qudug‘idan kuniga 50 ming kubmetr hajmda gaz olinmoqda
20:50 / 21.10.2022
EPSILON (EDC): Devxona-4 qudug‘idan chiqarilayotgan kunlik gaz hajmi 60 ming kubmetrni tashkil etdi
11:37 / 05.10.2022