Kun.uz pandemiya va iqtisodiy inqiroz masalalariga oid turli soha vakillari bilan suhbatlar taşkil qilmoqda. Navbatdagi suhbatdoşimiz - Xalqaro Yuristlar komissiyasi konsultanti, huquqşunos Dilfuza Kurolova pandemiya vaqtida xalqaro huquq sohasida kuzatilayotgan özgarişlar, inson huquqlarining himoyalanişi töğrisida öz fikr-mulohazalari bilan örtoqlaşdi.

Ma'lumot uçun: Dilfuza Kurolova – Toşkent Davlat yuridik universiteti (Xalqaro gumanitar huquq mutaxassisligi) hamda OSCE (Yevropa xavfsizligi va hamkorligi taşkiloti) akademiyasi (Siyosat va xavfsizlik mutaxassisligi)ning magistri bölib, ayni damda Xalqaro Yuristlar komissiyasi va Xalqaro moliyaviy taşkilotlar loyihalarining huquqiy va ijtimoiy masalalari böyiça konsultanti sifatida faoliyat yuritadi.

Dilfuza Özbekistondagi faol huquqşunos yoşlardan biri bölib, TEDxMustaqillikSquare loyihasining spikerlar böyiça murabbiyi va Global Shapers Tashkent Hub asosçi-kuratori hamda Mampassi Sollective (Markaziy Osiyo yoş mutaxassislari tarmoği) a'zosi ham sanaladi. U 2017 yilda Saudiya Arabistonining Ar-Riyod şahrida bölib ötgan MISK Global forumida iştirok etgan. Venadagi YeXHT boş kotibiyatining huquqiy bölimida malaka oşirgan. 2019 yilda John Smith Trust Fellowship dasturi böyiça Buyuk Britaniyada malaka oşirib qaytgan.

- COVID 19 pandemiyasi Özbekistonda xuquq sohasida qanday özgarişlarga olib kelişi mumkin?

- Albatta, har bir davlat özining iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy munosabatlari, mavjud siyosatidan kelib çiqqan holda turli çora-tadbirlarni körmoqda. Ayrim davlatlarda favqulodda holat e'lon qilinmoqda. Ba'zi mamlakatlarda esa favqulodda vaziyat e'lon qilinmasdan avval karantin holatiga ötilmoqda. Lekin mana şunday favqulodda holatlar bölgan bir vaqtda heç bir davlatda inson huquqlari buzilmasligi zarur. Şu bois xalqaro huquqda qayd etilganidek, agarda favqulodda vaziyat yuzaga kelsa, ayrim inson huquqlarini çeklaş yoki çegaralaş mumkinligi töğrisida belgilab ötilgan.

Xalqaro inson huquqlari sohasida eng asosiy qonunlardan biri – bu 1966 yilda qabul qilingan fuqarolik va siyosiy huquqlar töğrisidagi xalqaro Pakt hamda iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar töğrisidagi xalqaro Pakt hisoblanadi. Mazkur paktlarga Özbekiston Respublikasi ham 1995 yildan buyon a'zo davlat sanaladi. Bu esa öz navbatida, Özbekistonning ham inson huquqlarini himoyalaş kabi xalqaro majburiyatlari mavjudligini anglatadi. Şu paktlarga asosan birinçi pakt -  ya'ni siyosiy huquqlar töğrisidagi paktning 4-moddasida “Agarda favqulodda holat paydo bölgan bölsa, ayrim huquqlardan çeklaş mumkin”, deb belgilab ötilgan. Mazkur çeklovning öz tegişli jarayoni mavjud. Misol uçun, “Sirakuza prinsipi”ga asosan, bunda davlat har qanday favqulodda vaziyatni aholiga e'lon qilişi kerak, ya'ni qonunan parlament yoki davlat rahbari tomonidan rasman ma'lum qilinib, qonunda belgilangan qaysi huquqlar va erkinliklarga çeklovlar qöyilişi körsatiladi. Masalan, “komendantlik soati” bölişi mumkin yoki ayrim holatlarda jurnalistlar yoki OAVga ba'zi bir xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatmaslik talabi qöyilişi, ya'ni söz erkinligini çeklaş holati bölişi mumkin. Biroq bu degani inson huquqlarini tölaqonli çeklaş degan ma'noni anglatmaydi. Şunday mutlaq huquqlar mavjudki, ularni çeklaş mumkin emas.

Umuman olganda, davlat tomonidan favqulodda holatlarda amalga oşirilayotgan çora-tadbirlar mavjud xavfga proporsional bölişi zarur. Ikkinçi navbatda, ular çindan ham zarur, örinli va qonuniy bölişi kerak. Uçinçidan esa, har bir körilayotgan çora-tadbirlar vaqtinça bölişi şart.

Dilfuza Kurolova

- Turli mamlakatlarda, şu jumladan Özbekistonda pandemiyaga qarşi olib borilayotgan çora-tadbirlarni huquq sohasidagi ekspert sifatida qanday baholaysiz?

- Albatta, dunyo hamjamiyati koronavirusga qarşi qanday quraş olib borayotganini kuzatib bormoqdamiz. Agarda xalqaro huquq nazaridan olib qaraydigan bölsak, ayrim mamlakatlarda politsiya xodimlari juda katta kuçga ega bölmoqda, ba'zi davlatlarda inson huquqlari şu qadar çeklanganki, odamlar  öz fikr-mulohazalarini ham ayta olişmayapti. Aholiga nisbatan qattiq çora-tadbirlar körilmoqda. Joriy yilning aprel oyi boşida BMT maxsus ma'ruzaçilarining barçasi yiğilib, rasmiy sahifalarda öz fikrlarini aytib ötişdi: Albatta, koronavirus pandemiyasi tugaganidan söng, butunjahon taşkilotlari va xalqaro organlar mamlakatlar inson huquqlari, manfaatlarini himoyalaşda qançalik töğri yöl tutganligini nazorat ostiga olib, kuzatib borişadi.

Ma'ruzaçilar qayd etganidek, ayrim davlatlarda ayni damda qonuniylik prinsiplari buzilmoqda. Şunday davlatlar borki, u yerda qurolli kuçlarga köproq huquqlar berilib, fuqarolarga qarşi hattoki, qurol ham işlatişmoqda. Yoki ayrim hollarda “komendantlik soati” qoidasini buzganlarga qarşi quç qöllanmoqda. Bular xalqaro huquqning normalariga mutlaqo töğri kelmaydi.

-       Koronavirus pandemiyasidan söng xalqaro huquq yönalişida qanday jiddiy özgarişlar kuzatiladi deb öylaysiz?

-        Birinçi navbatda, yuqorida ta'kidlab ötganimdek, mavsumiy hisobotlar topşiriş vaqti böladi. Har bir davlat konvension organga a'zo bölganidan söng, har beş yillikda öz hisobotlarini taqdim etadi. Mening fikrimça, endilikda hisobotlarda koronavirusga qarşi olib borilgan davlat siyosati va çora-tadbirlar qanday qilib inson huquqlarini poymol qilmagani, şuningdek, inson huquqlaridagi çegaralar, xalqaro majburiyatlardan çeklaniş, qay darajada zarur, proporsional, qonuniy va vaqtinçalik harakatlar olib borilgani töğrisida tegişli bandlar körsatiladi.

BMTning inson huquqlari böyiça oliy komissari idorasida şunday hujjat paydo böldiki, unda eng köp buzilişi mumkin bölgan yoki köproq xavf-xatarga uçraşi mumkin bölgan inson huquqlarining standartlari belgilab ötildi. Buni onlayn tarzda istagan odam öqib körişi mumkin. Hujjatda har bir davlat insonlarga boşpana berişi va ijtimoiy jihatdan ta'minlaşga majbur. Agar aholi ijarada yaşaydigan bölsa, imkon qadar ijara haqi tölovini keyinroqqa suriş yoki moratoriy qöyiş siyosatini olib boriş zarur. Şuningdek, nogironlar masalalari ham qayd etilgan. Nogironlar ba'zida doimiy qarovga va kömakka muhtoj bölişi mumkin. Bizga ma'lumki, agarda karantin rejimi yoki ijtimoiy masofalaniş holati bölsa, bu guruh kerakli yordamni ola olmaydi. Mana şunday vaziyatlarda, nogironlar guruhi katta xatar ostida bölgan insonlar guruhiga kiradi. Hujjatda esa aynan şunday xatar ostid qolgan guruhlarga öz vaqtida katta yordam berilişi lozimligi ta'kidlanadi.

-        Siz yaqinda koronavirus böyiça xalqaro onlayn konferensiyada iştirok etdingiz. U yerda qanday masalalar muhokama qilindi?

-        Aprel boşida Sankt-Peterburg xalqaro yuridik forumi bölib ötdi. Mazkur tadbir huquq sohasidagi forumlardan eng kattasi va nufuzlisi sanaladi. Mazkur forumda har yili 2-3 mingdan ziyod ekspertlar, advokatlar, sudyalar va huquqşunoslar iştirok etib kelmoqda.

Joriy yilda koronavirus pandemiyasi tufayli uşbu tadbir ilk marotaba onlayn tarzda taşkil etildi. Uç kunlik forum davomida juda köp mavzularda ma'ruzalar böldi.

Lekin men e'tiborimni tortgan ikkita muammoga töxtalib ötmoqçiman. Birinçisi – bu davlatlarning olib borayotgan siyosatiga bağişlangan panel bölib, unda Özbekiston adliya vaziri Davletov ham iştirok etib, yurtimizda koronavirusga qarşi olib borilayotgan çora-tadbirlar töğrisida ma'lumot berdi. Şundan söng, inson huquqlariga bağişlangan panel bölib ötdi. Unda davlatlar tomonidan olib borilayotgan siyosatda inson huquqlarini himoyalaş haqida töxtalib ötildi. Inson huquqlari böyiça Yevropa sudi prezidentining sözlariga köra, Yevropa konvensiyasiga asosan, agarda davlatlar inson huquqlarini çegaralamoqçi bölsa, albatta, ular favqulodda holat e'lon qilişi yoki qonunda körsatib ötişi kerak hamda bu heç qaçon doimiy şaklga ega bölmasligi lozim.

Ikkinçi masala – bu sud tizimi. Özbekiston Respublikasi Oliy sudi ham öz qarorini çiqardi. Qarorda sudga murojaat qilişni istagan fuqaro xat orqali yoki elektron tarzda murojaatlarini yuborişi kerak. Qaysi muammolar va murojaatlar zudlik bilan hal etilişi, qaysi birini karantin vaqtidan keyin hal etiş mumkinligini hududiy sudning özi belgilaydi. Şu kabi masalalar forum davomida juda köp muhokama qilindi.  Barça davlat vakillari bir ovozdan sud tizimining töliq onlayn şaklda öz faoliyatini olib borilayotgan holati butun dunyo uçun ilk bor kuzatilayotganini qayd etib ötişdi.

Şuningdek, Dilfuza Kurolova suhbat davomida onlayn ta'lim tizimining kamçiliklari va afzalliklari, xalqaro anjumanlar haqida ham töxtalib ötdi.

Suhbatni töliq şaklini Youtube orqali tomoşa qilişingiz mumkin. 

Kun.uz muxbiri
Feruza Avazova