Qibrayda 10 yoşli qizini sotganlikda ayblanib, sud hukmi bilan 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan Zulxumor Abdurahimova işi apellyatsiya instansiya sudida körib çiqildi. Huquq faollari bu işni yollanma odamlar iştirokida amalga oşirilgan “yasama jinoyat” deb atab, tergov noqonuniy ötkazilgani va adolatsiz hukm çiqarilganini bildirişgandi.
Iş tafsilotlarini örgangan «STRONG SHIELDING» advokatlik byurosi advokati Qobil Anorboyev Zulxumorni tekinga himoya qiliş istagini bildirdi. 17 sentabr kuni uşbu jinoyat işi Toşkent viloyat sudi jinoyat işlari böyiça sudlov hay’ati tomonidan apellyatsiya instansiyasida körib çiqildi.
Advokat jinoyat işini örganişda tergov jarayonlarida yöl qöyilgan bir qança xato va kamçiliklar yuzasidan dalillar keltirdi.
“Bevosita sözlaşuv stenogrammasini köradigan bölsak, birinçi örinda arizaçi ayolga pul taklif qilyapti. Özining 4 nafar farzandi böla turib, 5 yildan buyon farzandi yöqligini aytib aldab, öziga turmuş örtoq bölmagan şaxsni olib borib, turmuş örtoğim deb taniştirgan. Söngra bir neça bor “onaning sut haqi degan narsa bor, sizni rozi qilaylik”, deya ayolni jinoyat qilişga undayapti. Ona esa “yöq, oldin farzandim sizlarga örgansin”, deyapti. Bu gaplardan maqsad nima? Farzandini sotiş emas, farzandlikka beriş, boqiş uçun tarbiyaga beriş. Özining ijtimoiy ahvoli oğirligi uçun uni boşqa oilaga topşiryapti”, dedi advokat.
Qobil Anorboyev işni örganişda qonun normalari jiddiy buzilgani, adolatsiz jazo tayinlanib, aybsiz şaxs jazoga tortilgani uçun Abdurahimovaga nisbatan işni qayta körib çiqiş kerakligini sörab şikoyat kiritilganini ma’lum qildi. Advokat ayol farzandini sotmagani va bunga yetarli dalillar borligi tufayli birinçi instansiya sudi hukmini bekor qilib, oqlov hukmi çiqarişni söradi.
Apellyatsiya instansiya sudi ajrimi bilan dastlabki sud hukmi özgartirildi. Ya’ni ayolga qöllangan 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi 5 yil muddatga tuşirildi. Jazo şartli hisoblanib, 2 yil sinov muddati belgilandi hamda ayol sud zalida qamoqdan ozod qilindi.
Şuningdek, sud Zulxumor Abdurahimovaning moddiy ahvolini yaxşilaş böyiça Qibray tuman hokimligiga xususiy ajrim kiritilişini ma’lum qildi.
Bir oilaning parokandalikdan qutulişi quvonarli, albatta. Ammo masalaning yana bir jihati – agar tajribali advokat himoyasiga olmaganida ayol balki umrining 8 yilini qamoqda, farzandlar esa mehribonlik uyida ötkazgan bölardi. Tergovning bir taraflama, protsessual normalarga mutlaqo zid olib borilgani, bir ayol va ikki bolaning hayoti qurbon qilingani va yolğonçi arizaçilarning e’tibordan çetda qolişi xavotirli. Bu kabi vaziyatlar aholida içki işlar tizimiga nisbatan işonçsizlikni oşiradi xolos.










