ÖzPFL karantin vaqtida nima qildi?
Karantin e'lon qilinişidan uç kun oldin bizning Davlat aktivlarini boşqariş agentligi bilan hamkorligimiz rasmiy maqomga köçgandi. Bu hamkorlik doirasida Loyiha ofisi taşkil etilgan bölib, unda hozirça 7 kişi faoliyat olib boradi. Şularning 4 nafari futbol sohasidan va yana 3 kişi agentlikdan.
Agentlik bilan hamkorlik davlat uluşi bor korxonalar tomonidan moliyalaştiriladigan 13 futbol klubini bosqiçma-bosqiç xususiylaştiriş işlarini qamrab oladi. Karantin davomida bu iş yuzasidan bir qator işlar amalga oşirildi. 13 futbol klubi boş direktorlari bilan doimiy aloqada bölib turilibdi. Biroq masofadan işlaş baribir noqulayliklar tuğdiradi. Karantin yakunlangaç, bu borada qilinadigan işlar hali köp.
Superliga starti borasida nega jimjitlik?
Yevropa çempionatlari qaçon boşlanişi va qanday ötkazilişi yuzasidan million xil xabarlar çiqdi. Xususan, özim ham Futbol-TV studiyasida bu kabi xabarlarni hamkasblarim bilan köp muhokama qildim. Aytişim kerakki, öşa taxminlar taxminligiça qolib ketdi. Çunki karantin qaçon yakuniga yetişi faqatgina Yaratganning öziga ayon.
Ğarbda har bir kun katta pul. Teletranslatsiyalar katta pulga sotib qöyilgan, homiylar milliardlar ajratgan, tanaffus futbol klublarini inqirozga yaqinlaştiryapti. Şunday ekan, kuniga millionlab xabarlar bolalaşi turgan gap. Bizda esa vaziyat biroz boşqaçaroq. Aytaylik, ÖzPFL çempionat 1 may sanasidan start olsa, taqvim qanday bölişi haqida allaqaçon reja işlab çiqqandi. Biroq endi ma'lumki, 1 may start kuni bölmasligi aniq. Şu va şu kabi oxiri yöq savollar ustiga qurilgan taxminlarni çiqarmadik. Sababi bitta — çempionat starti ÖzPFLga boğliq emas. Buning uçun hukumatning rasmiy ruxsati kerak, usiz biz heç narsa qilolmaymiz ham, aytolmaymiz ham.
Rejamiz bormi?
Karlo Ançelotti futbolçilar öz formalarini haminqadar tiklab olişlari uçun ikki hafta muddat yetarli ekanini aytdi. Keyinroq Vadim Abramov jarohatlar köpayib ketmasligi uçun ham öşa ikki hafta kerakligini tuşuntirdi. ÖzPFL albatta mutaxassislar fikrini inobatga oladi. Şundan kelib çiqib, biz 8 kun avval hukumatga öz taklifimizni berdik. Ya'ni, maşğulotlarni yopiq holatda boşlaşga ruxsat berilişi töğrisida.
Bu qanday böladi? Xuddi terma jamoa yirik turnirga tayyorgarlik körayotgani kabi, har bir klub öz bazasiga “qamal qilinadi”. Bunda sanitariya talablariga töla rioya etiladi. Futbolçilar bazadan taşqariga çiqmaydi va faqat maşğulotlarni davom ettiradi. Oşpazlar, farroşlar, şifokor, massajist, murabbiylar va jamoa barçasi şu bazada ma'lum muddat istiqomat qiladi. Bu holat bizga vaqtdan yutiş imkonini beradi. Ya'ni, karantin yakunlansa, futbolçilar öz formasini ança tiklab ulgurgan böladi.














