PFL Superliga ramziy termasi e’lon qilinishini YTH qurbonlari xotirasiga bag‘ishladi
Noyabrning uchinchi yakshanbasida butun dunyoda yo‘l-transport hodisalari qurbonlari xotirlanadi. Bu yil sana 17 noyabrga to‘g‘ri keldi. O‘zbekiston Professional futbol ligasi shu kuni Superliganing 2024 yilgi ramziy termasini maxsus videorolik bilan e’lon qildi va uni YTH qurbonlari xotirasiga bag‘ishladi.

Foto: Videodan kadr
O‘zbekiston Professional futbol ligasi (O‘zPFL) 17 noyabr kuni Superliganing 2024 yilgi mavsum ramziy terma jamoasini e’lon qildi. Tashkilot ushbu jarayonni yo‘l-transport hodisalari (YTH) oqibatida halok bo‘lganlar xotirasiga bag‘ishladi. Bu bejiz emas — noyabr oyining uchinchi yakshanbasi butun dunyoda YTH oqibatida halok bo‘lganlarni xotirlash kuni hisoblanadi. 2024 yilda bu sana 17 noyabrga to‘g‘ri keldi.
«Afsuski, so‘nggi vaqtlarda yurtimizda ko‘plab insonlar yo‘l-transport hodisasi tufayli jabrlanmoqda. BMT Bosh Assambleyasining rezolyutsiyasiga ko‘ra, noyabrning uchinchi yakshanbasi — Butunjahon yo‘l harakati qurbonlarini xotirlash kuni sifatida belgilangan.
Liga Superliga ramziy terma jamoasini ushbu tarzda e’lon qilish orqali, yo‘llarda harakatlanuvchi barchani xushyorlikka va yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya qilishga chorlaydi», deyiladi tashkilot matbuot xizmati xabarida.
Mazkur rolik Gazeta.uz nashri hamda Toshkent shahar IIBB YHXB bilan hamkorlikda tayyorlangan.
Unda Superliganing 2024 yilgi ramziy terma jamoasidan o‘rin olgan futbolchilar — «Nasaf» darvozaboni Abduvohid Ne’matov, «Surxon» himoyachisi Sunnatilloh Hamidjonov, «Andijon» himoyachisi Vladimir Bubanya, «So‘g‘diyona» yarim himoyachisi Oleg Zoteyev, «Nasaf» yarim himoyachisi Akmal Mozgovoy, «Dinamo» yarim himoyachisi Jurani Ferreyra, «So‘g‘diyona» yarim himoyachisi Vladimir Yovovich, «Dinamo» yarim himoyachisi Anvarjon Hojimirzayev, «So‘g‘idyona» hujumchisi Lupcho Doriyev, «Paxtakor» hujumchisi Dragan Cheran, «Nasaf» hujumchisi Zoran Marushich hamda yil ustozi — «Nasaf» bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev YTH qurbonlariga hurmat bajo keltiradi.
Yo‘l-transport hodisalari va ularning ayanchli oqibatlari O‘zbekistonda ham dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Mamlakatda har yili sodir bo‘ladigan 10 mingga yaqin yo‘l-transport hodisalarida minglab kishilar tan jarohati oladi va halok bo‘ladi. Jabrlanuvchilar orasida voyaga yetmaganlar va bolalar ham ko‘pchilikni tashkil etadi. Misol uchun, 2023 yili O‘zbekistonda bolalar bilan bog‘liq 1794 ta YTH yuz bergan, ular oqibatida 1568 nafar bola jarohatlangan va 263 nafari halok bo‘lgan.
Tavsiya etamiz
Toshkentda endi avtomobilni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
Londonda tinchlik muzokaralari barbod bo‘ldi
Jahon | 21:29 / 23.04.2025
Xitoy Oyda AES qurish rejasini tasdiqladi
Jahon | 17:06 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonning tog‘ va tog‘oldi hududlarida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 17:10
-
Xususiy klinikalarni tekshirish bo‘yicha SSVning vakolatlari kengaytirilishi mumkin
O‘zbekiston | 17:00
-
Gurjiston sobiq bosh vaziri va hukmron partiya raisi Irakliy Garibashvili siyosatdan ketishini e’lon qildi
Jahon | 16:50
-
Balashixada portlash oqibatida bosh shtab generali halok bo‘ldi
Jahon | 15:26
Mavzuga oid

11:17
Samarqandda piyodalar yo‘lakchasidagi hodisa oqibatida bir kishi vafot etgan

10:29
Samarqandda Lacetti piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan o‘nga yaqin kishini urib ketdi

08:35
Jizzaxda Tracker yuqori tezlikda do‘konga urildi

13:02 / 24.04.2025