O‘zbekiston | 08:07 / 01.05.2020
4118
2 daqiqa o‘qiladi

YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori Toshkent shahar IIBBga gumanitar yordam ajratdi

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti loyihalari koordinatori, elchi Jon MakGregor Toshkent shahar IIBB uchun tibbiy niqoblar, ko‘zoynaklar, qo‘lqop va tarkibida spirt yuqori darajada bo‘lgan antiseptik vositalardan tashkil topgan gumanitar yordamni yetkazdi. 

Foto: IIBB axborot xizmati

IIBB xabariga ko‘ra, ushbu yordam YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori tomonidan koronavirus infeksiyasining kirib kelishi va tarqalishini oldini olishda O‘zbekiston hukumati sa'y-harakatlarida yordam berish maqsadida amalga oshirildi.

Jon MakGregorning Toshkent shahar IIBB boshlig‘i polkovnik A. Toshpo‘latovga qilgan murojaatida qayd etishicha, “...ichki ishlar organlari xodimlari koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashda jamoat xavfsizligini ta'minlagan holda old qatorlarda xizmat olib bormoqdalar. Ichki ishlar organlari xodimlariga shaxsiy himoya vositalari taqdim etish bilan biz aholini himoyasiga va koronavirus tarqalishining oldini olishda hissa qo‘shgan bo‘lamiz”. 

YeXHT loyihalari koordinatori tomonidan ta'kidlanishicha, ushbu gumanitar yordam koronavirus tomonidan yuzaga keltirilgan transmilliy tahdidlarga qarshi kurashda YeXHTning O‘zbekistondagi LK yordam paketi bir qismi hisoblanadi.

Toshkent shahar IIBB, o‘z navbatida, taqdim etilgan shaxsiy himoya vositalari uchun YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatoriga minnatdorchilik bildirdi hamda insonlar salomatligi va farovonligi uchun hamkorlikka tayyorligini bildirdi.

Mavzuga oid