Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyati va Qoraqalpog‘iston budjetidan sirdaryoliklar uchun 5 milliard so‘mdan pul ajratildi
Sirdaryoliklarga yordam berish uchun Toshkent viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetidan 5 milliard so‘mdan mablag‘ ajratiladi.
Moliya vazirligi axborot xizmatining Kun.uzʼga ma'lum qilishicha, beg‘araz ko‘mak puli suv omboridan suv yorib chiqishi natijasida yuzaga kelgan talafotlarni bartaraf etish xarajatlari uchun ajratilgan.
Qayd etilishicha, ushbu mablag‘lar mahalliy budjetning yil boshiga shakllangan erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan berilmoqda. Bunga qadar, Samarqand viloyati mahalliy budjetidan ham 5 milliard so‘m beg‘araz mablag‘ taqdim etilgandi.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari Akmalxon Ortiqovning Kun.uzʼga bildirishicha, respublika budjetidan ushbu maqsadda dastlab 100 milliard so‘m ajratilishi nazarda tutilgan.
Mavzuga oid
12:30 / 29.12.2025
Bo‘stonliqda tog‘da qolib ketgan 3 nafar fuqaroga yordam ko‘rsatildi
13:26 / 22.07.2025
Rossiyada qiyin ahvolda qolgan fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi
13:32 / 30.04.2025
O‘zbekistonda “Bepul yuridik yordam ko‘rsatish kuni” o‘tkaziladi
22:00 / 25.03.2025