«Bugun, 2 may kuni xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengaşining yettinçi sessiyasi bölib ötdi. Bir guruh deputatlar taşabbusi bilan ötkazilgan sessiyada Sirdaryo viloyatidagi «Sardoba» suv ombori töğonining bir qismi öpirilişi oqibatida yuzaga kelgan tabiiy ofatdan talafot körgan aholini qöllab-quvvatlaş masalasi körib çiqildi», deyiladi xabarda.

Sessiyada Sardoba ahliga kömaklaşiş xayriya jamğarmasiga viloyat budjetining 2020 yil birinçi çorakdagi daromadlar rejasining oşirib bajarilgan qismidan 5 milliard söm pul köçiriş taklifi örtaga taşlandi va bu taklif deputatlar tomonidan ma'qullandi.

«Sardobaliklar bizning birodarlarimiz. Ular yoz mavsumida aholimizni poliz mahsulotlari bilan ta'minlab kelişyapti. Oğir kunda yelkadoş böliş xalqimizning noyob qadriyatlaridan biri. Bu kömakni allaqaçon boşlab yuborgan, ijtimoiy tarmoqlar orqali va boşqa şakllarda jabrlanganlarga ma'naviy madad berib turgan viloyatimiz aholisiga minnatdorçilik bildiraman», deb Samarqand viloyat hokimi Erkinjon Turdimovning sözlarini keltirmoqda viloyat hokimligi axborot xizmati.

Ma'lumot uçun, 1 may kuni Samarqanddan Sirdaryoga jami 100ta maşinada turli xil mahsulotlardan iborat insonparvarlik yordamlari yuborilgandi.