Jamiyat | 18:18 / 04.05.2020
8254
2 daqiqa o‘qiladi

Bojxonachilar yirik miqdordagi dori-darmon va televizorlarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yishdi

Andijon viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi  buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida sifati kafolatlanmagan dori-darmonlarni mamlakatimizga noqonuniy olib kirish bilan bog‘liq qing‘irlik fosh etildi.

Fuqaro T.N. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomashina viloyatning Marhamat tumanidagi chegara hududida harakatlanayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan to‘xtatilib tekshirildi.

Natijada ushbu avtomashina yukxonasida fuqaro E.B. ga tegishli bo‘lgan, qo‘shni davlatdan yurtimizga noqonuniy ravishda olib o‘tilgan, xorijda ishlab chiqarilgan, umumiy qiymati 194 400 000 so‘mlik 1440 quti  “Dyufaston 10 mg” nomli dori vositalari borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Foto: Andijon viloyati bojxona boshqarmasi

Shuningdek, Farg‘ona viloyati bojxona boshkarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi bo‘zilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Farg‘ona tumaning qo‘shni reyespublika bilan chegara xududi aylanma yo‘llarida fuqaro J.X boshqaruvidagi “Labo” rusumli, avtomashina to‘xtatilib, avtomashina xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, avtomashina yukxonasida muqaddam Qirg‘iziston Respublikasidan bojxona nazoratini chetlab, aylanma yo‘llar orqali olib kirilgan, bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan umumiy qiymati 67 mln 200 ming so‘mlik 3 turdagi 56 dona televizorlar noqonuniy olib kirilganda to‘xtatilib qolindi.

Foto: Andijon viloyati bojxona boshqarmasi

Hozir mazkur holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid