Karantinni bosqchima-bosqich yumshatish uchun nimalar inobatga olinishi ma'lum qilindi
Bosh sanitariya inspektori Nurmat Otabekov AOKAda o‘tkazilgan brifingda 10 maydan so‘ng koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yaxshilanib borayotgan hududlarda karantin cheklovlarini bosqichma-bosqich yumshatishga doir chora-tadbirlar qay tartibda amalga oshirilishiga izoh berdi.
«Karantin tadbirlarini bosqimcha-bosqich yumshatishda respublikada koronavirus infeksiyasining tarqalish holatining hududlar kesimidagi tahlili, kasallik aniqlangan bemorlarning davolanish dinamikasi holati inobatga olinishi ko‘zda tutilgan.
Hududlar kesimidagi tahlil, kasallik aniqlangan bemorlarning davolanish dinamikasi holatidan kelib chiqqan holda koronavirus kasalligi tarqalib ketishining oldini olish bo‘yicha Respublika muvofiqlashtirish komissiyasining maxsus qarori bilan joriy etilgan cheklovlar bosqichma-bosqich bekor qilinadi.
Albatta, buning uchun alohida talablar, bosqichlar aks etgan karantinni yechish bo‘yicha hujjat ishlab chiqiladi. Lekin karantin bekor qilingani rasman e'lon qilinmaguncha karantin vaqti uchun belgilangan Sanitariya-gigiyena qoidalari, me'yorlari va gigiyenik normativlar talablariga to‘liq rioya etilishi talab qilinadi», dedi Nurmat Otabekov.
U bugungi kunga qadar respublikada koronavirus kasalligi umuman qayd etilmagan qishloqlar, tumanlar ko‘pligini qayd etib o‘tdi. Ayni vaqtda Jizzax, Qashqadaryo va Navoiy viloyatlari koronavirusdan xoli hududga aylangan.
Nurmat Otabekov karantin cheklovlari yumshatilishi yoki tugatilishi haqidagi turli norasmiy manbalarga ishonmaslikka chaqirdi.
«Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida 2 kundan keyin karantin cheklovlari tugashi haqida xabarlar tarqalgan. Bu mutlaqo asossiz. Karantinni o‘rnatish va uni bekor qilish - Koronavirus kasalligi kirib kelishining va tarqalib ketishining oldini olish bo‘yicha Respublika muvofiqlashtirish komissiyasining vakolati hisoblanadi. Boshqa norasmiy manbalarga ishonish va ularni tarqatish kerak emas», deya ta'kidladi Nurmat Otabekov.
Jinoyat kodeksining 244 (prim 5) - moddasiga muvofiq, haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma'lumotlarni tarqatganlik uchun javobgarlik borligi eslatib o‘tildi.
Mavzuga oid
18:52 / 19.09.2024
Koronavirusning yangi shtammi O‘zbekistonda aniqlanmadi - SSV
16:06 / 07.06.2024
"Saraton va boshqa jiddiy kasalliklar bog‘chadagi sifatsiz taomlanishdan kelib chiqmoqda" - mutaxassis bilan suhbat
14:59 / 05.06.2024
“Bolalarga chirigan kartoshka yedirishmoqda” – Nurmat Otabekov
18:11 / 13.12.2023