Oliy Majlis Senatining Fan, ta’lim va soğliqni saqlaş masalalari qömitasining majlisida Andijon viloyatidagi maktabgaça ta’lim taşkilotlarining ovqatlantiriş holati muhokama qilindi.
Senatorlar örganilgan davlat boğçalarida soğlom ovqatlantiriş tegişli talablarga muvofiq taşkil etilmayotgani aniqlangan. Xususan, Şahrixon tumani 52-sonli davlat maktabgaça ta’lim taşkiloti binosi eski ekani, oşxona taşqi va içki xonalari töliq ta’mirtalab, stol, stul va boşqa jihozlar yetişmasligi aytilmoqda.
“Oşxona sanitariya-gigiyena talablariga javob bermaydi, tozalaş işlari ötkazilmagan, bolalar uçun idiş-tovoqlar yetarli emas”, – deyiladi xabarda.
Şuningdek, taom tayyorlaş, oziq-ovqat mahsulotlarini sifatli qabul qiliş, saqlaş uçun şaroitlari örganilganda, Qörğontepa tumanidagi 2-sonli davlat maktabgaça ta’lim taşkilotida brakeraj komissiyasi tomonidan mahsulotlar qabul qilib olinmayotgani va şuning natijasida sifatsiz oziq-ovqat mahsulotlari kirim qilingani aniqlangan.
Bundan taşqari, muassasalarda taomnomalar 10 kunlik yagona mavsumiy taomnoma asosida tuzilmagan. Tuzilgan taomnoma sanitariya-epidemiologiya osoyiştaligi va jamoat salomatligi qömitasi hududiy bölimlari bilan kelişilmagan hamda taomnomalarga kiritilgan özgartirişlar yuzasidan dalolatnoma rasmiylaştirilmagan.
Majlisda iştirok etgan Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi qömitasi raisi birinçi örinbosari Nurmat Otabekovning aytişiça, bunday boğçalarda bolalarga çirigan mahsulotlardan taom yedirişayotgan bölişi ham mumkin.
“Senatdan taşkil qilingan işçi guruh borib körgan MTT işlaşi kerak emas. Ularning faoliyatini şu bugunning özidayoq töxtatiş kerak. Olib kelingan mahsulotlar notöğri saqlanib, tomir otib yuborsa, turgan joyida çirisa, qaysi bir oşpaz öşa çirigan, unib ketgan kartoşkani taşlab yuboradi?!
Albatta, uni bolalarga yedirişadi. Idiş-tovoqlar yetarli emas, çetlari singan. Demak, bu bolalarning lab-lunjini, tillarini kesib oliş ehtimoli bor hatto. Talablarga rioya etilmagan, faqat negativ. Mening nazarimda, aynan şu 4 ta tumandagi mutasaddilarga nisbatan biroz qattiqroq çora körilişi kerakki, toki bu boşqa birovlarga birmunça maktab bölsin”, –









