Senat qömitasi majlisida boğçadagi ovqatlantiriş tizimi muhokama qilindi. Unda Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi qömitasi raisi birinçi örinbosari Nurmat Otabekov bugungaça tan olinmay kelingan jiddiy mavzuda axborot berdi.
Majlis yakunida muammoni hal qiliş yuzasidan tegişli taşkilotlarga tavsiya, takliflar yuborilib, bu böyiça Senat qömitasining qarori ham qabul qilingan. Ammo bu qaror, tavsiyalar xavotirli masalaga yeçim böla oladimi yoki yöq, bir nima deyiş qiyin.
Darhaqiqat boğçalardagi vaziyat çindan ham yomon ahvolda ekani bor gap. Buni har zamonda internetda tarqaladigan tasvirlar orqali kuzatib qolamiz.
Şifokor Muazzam Ibrohimova ham bu haqdagi aççiq haqiqatlar bilan bölişarkan, bolalarga yedirilayotgan sifatsiz ovqatlarning oğir oqibatlari haqida gapiradi.
“Aksariyat boğçalarning oşxonasidagi antisanitariya holatlari, mahsulotlardan öğriliklar, bolalarning töğri va muvozanatli ovqatlana olmayotgani, har bir bolaga individual yondaşuvning yöqligi hamda taomnomalardagi kamçiliklar markazlaşgan umum ovqatlaniş korxonalarining afzalligini körsatib beradi.
Boğçalar oşxonalaridagi antisanitariya, ovqatlaniş zonalarining yotoq hamda öyin zonalaridan ajratilmagani infeksiyaning manbai hisoblanadi. Malakasiz bölgan oşpazlarning işlayotgani [muammoning sabablaridan]. Ularning 700 ming söm oyligi bor, bu pulga boğça oşpazi heç qaçon professional oşpaz pişiradigan ovqatni tayyorlamaydi.
Men özim 51 ta MTTning oşxonasiga kirib çiqdim, 51 tasida 1980-yillardan beri işlatilib kelayotgan eski öçoqlar, eski qozon, stol-stullar bor – hamma narsasi eski. Infeksiya ğij-ğij, SES keladi, pulini olib ketadi, hattoki u oşxonalarni tag-tugi bilan yuvib tozalasangiz ham baribir jihozlarning muddati ötib bölgan. Talabga javob bermaydi, zamonaviy emas.
Aksariyat kasalliklar notöğri ovqatlanişdan kelib çiqadi, ayniqsa 7 yoşgaça bölgan, immunitet şakllanmagan vaqtni olsak, juda köp kasalliklarga çalinişadi. Avvalo oşqozon-içak kasalliklari, ovqat allergiyalari va boşqalar. Eng yomoni boşlanğiç kasalliklar, infeksiyalar kelajakda undan ham oğirlarini keltirib çiqaryapti. Bularga onkologiya, onkogematologiya, qandli diabetning 2-turini aytiş mumkin.







