Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Magnus Karlsen onlayn supermusobaqa g‘olibi bo‘ldi
Shaxmat bo‘yicha amaldagi jahon chempioni Magnus Karlsen Magnus Carlsen Invitational superturniri g‘olibi bo‘ldi. Musobaqa onlayn rejimda Chess24 saytida o‘tgan.
Norvegiyalik sportchi finalda amerikalik Xikara Nakamurani 2,5:1,5 hisobida mag‘lub etdi.
Musobaqada dunyoning 8 nafar kuchli shaxmatchisi ishtirok etgan. Uning mukofot jamg‘armasi 250 ming dollarni tashkil qilib, bu summadan g‘olib 70 ming dollar oladi. Musobaqa Karlsen tomonidan tashkil etilgan.
Magnus Karlsen 16-jahon chempioni bo‘lib, tarixda birinchi mutlaq chempion hisoblanadi. U shaxmatning uch toifasida: klassik shaxmat, rapid va blits bo‘yicha jahon chempionatlarida g‘olib bo‘lgan. Norvegiyalik, shuningdek, Xalqaro shaxmat federatsiyasining reytingida yetakchilik qilgan eng yosh shaxmatchi hisoblanadi. U bunga 19 yosh bir oyligida erishgan. Ayni vaqtda Karlsen klassik shaxmat va rapid bo‘yicha jahon reytingiga yetakchilik qilmoqda, blitsda esa Nakamuradan keyin 2-o‘rinni egallamoqda.
Xikara Nakamura AQShning 5 karra chempioni bo‘lib, 15 yoshida FIDE’ning xalqaro grossmeyster unvonini olgan. U bu borada amerikalik shaxmatchilar uchun afsonaviy shaxmatchi Robert Fisher tomonidan o‘rnatilgan rekordni yangilagan.
Mavzuga oid
18:43 / 22.06.2026
O‘zbekiston shaxmat terma jamoasi blits bo‘yicha jahon chempionatida uchinchi bo‘ldi
18:55 / 20.06.2026
Nodirbek Abdusattorov jahon shaxmat reytingida eng yuqori uchtalikka kirdi
19:23 / 17.04.2026
Prezident Sindorovga «Mehnat shuhrati» ordenini shaxsan topshirdi
18:33 / 15.04.2026