Jahon | 08:00 / 05.05.2020
3467
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiya koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqilishiga 800 mln dollardan ko‘proq mablag‘ ajratadi

Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe hukumat koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqilishiga 800 mln dollardan ko‘proq mablag‘ ajratmoqchiligini ma'lum qildi.

Foto: TASS/Zuma

Bu haqda NHK telekanali xabar berdi.  

Bu mablag‘lardan 234 mln dollarga yaqini Epidemiyalarga tayyorlik sohasidagi innovatsiyalar uchun global koalitsiya (CEPI) va vaksina yaratish ustida ishlayotgan boshqa xalqaro tashkilotlarga yo‘naltiriladi. “Zararlanish xavfi uchun chegara yo‘q. Jahon hamjamiyati bu inqirozni yengib o‘tish uchun birlashmog‘i lozim”, deb aytgan Abe.

4 may kuni telekanal Yaponiya hukumati koronavirusga chalinganlarni davolashda grippga qarshi “Favipiravir” (yoki “Avigan”) dori vositasini qo‘llashga ruxsat bermoqchiligini ma'lum qilgan. NHK ma'lumotlariga ko‘ra, bosh vazir sog‘liqni saqlash, mehnat va farovonlik vazirligiga bu bilan bog‘liq tegishli jarayonlarni tezlashtirishni buyurgan.

Shuningdek, 4 may kuni mamlakatda 8 apreldan beri amal qilayotgan favqulodda vaziyat rejimi 31 maygacha uzaytirildi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid