Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hukumat suv ta'minoti va oqova suv obektlariga doir yangi hujjat qabul qiladi
Suv ta'minoti va oqova suv obektlarini samarali foydalanishga topshirish mo‘ljallanmoqda.
Vazirlar Mahkamasining “Suv ta'minoti va oqova suv obektlarini samarali foydalanishga topshirish to‘g‘risida”gi hujjati loyihasi e'lon qilindi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3 fevraldagi “2018 yildagi investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-3507-son va 2018 yil 19 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2019 yilga mo‘ljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4067-son qarorlariga asosan Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligini “Suv ta'minoti va oqova suv obektlari qurilishi bo‘yicha injiniring kompaniyasi” DUK buyurtmachiligida ichimlik suv ta'minoti va oqova suv obektlari qurilishi amalga oshirilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining 2019 yilda qurilish ishlari yakunlanib, davlat qabul hay'ati dalolatnomalari rasmiylashtirilgan ichimlik va oqova suv obektlari “O‘zsuvta'minot” AJ hududiy korxonalari ustav kapitaliga balans qiymatida davlat ulushi sifatida o‘tkazish to‘g‘risida bergan takliflari ma'qullanadi.
Belgilanishicha:
“O‘zsuvta'minot” AJ hududiy suv ta'minoti va kanalizatsiya korxonalari ustav kapitalida obektlarni berish hisobiga shakllanadigan davlat ulushlari nominal qiymatda “O‘zsuvta'minot” AJ ustav kapitalini oshirish hisobiga beriladi;
kelgusida davlat dasturlari va hukumat topshiriqlari doirasida quriladigan obektlar davlat qabul hay'ati dalolatnomalari asosida topshirish va qabul qilish dalolatnomasi bilan hududiy “Suv ta'minoti” mas'uliyati cheklangan jamiyatlari ustav kapitaliga balans qiymatida davlat ulushini shakllantirish hisobiga keyinchalik ushbu davlat ulushlarini nominal qiymatda “O‘zsuvta'minot” AJ ustav kapitalini oshirish hisobiga beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi bilan birgalikda ko‘rsatilgan hamda kelgusi yillarda ham uch tomonlama dalolatnoma asosida qabul qilinadigan obektlarni belgilangan tartibda hududiy suv ta'minoti va kanalizatsiya korxonalari ustav kapitaliga berilishini va “O‘zsuvta'minot” AJ ustav kapitalini oshirishni ta'minlaydi.
Mavzuga oid
08:20 / 20.05.2026
O‘zbekiston suv iste’moli yuqori davlatlar reytingiga kirdi
17:59 / 16.05.2026
O‘zbekiston kunlik suv iste’moli yuqori bo‘lgan davlatlar qatoriga kirdi
07:18 / 05.05.2026
Suvni ifloslantirganlik uchun jarima miqdori keskin oshirildi
18:55 / 19.04.2026