O‘zbekiston | 22:11 / 08.05.2020
11774
2 daqiqa o‘qiladi

Bioorganik kimyo instituti jamoasiga yangi ekspeditsiya avtomobili topshirildi

O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi raisi Nizomiddin Bakirov Bioorganik kimyo institutiga yangi va zamonaviy «UAZ Patriot» maxsus avtomashinasi kalitini topshirdi.

Foto: O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi axborot xizmati

8 may kuni institut rahbarlari va xodimlari ishtirokida o‘tgan tantanali topshirish marosimida avtomobil kalitini institut direktori, akademik Shavkat Salihov qabul qilib oldi.

Foto: O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi axborot xizmati

Qo‘mita axborot xizmatidan ma'lum qilishlaricha, Prezident Shavkat Mirziyoyev shu yil 31 yanvar kuni Geologiya qo‘mitasida o‘tkazilgan yig‘ilishda O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasiga O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Bioorganik kimyo instituti olimlarining Orol dengizi qurigan tubida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishlari uchun sharoitlar yaratish maqsadida bitta avtotransport vositasini homiylik tarzida ajratish topshirig‘ini bergan.

Foto: O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi axborot xizmati

«Ishlab chiqarish amaliyoti va ilmiy-tadqiqotlar qulay sharoitlarda olib borilishi uchun yaratilayotgan bu kabi imkoniyatlar ilmiy-tadqiqot natijalarining amaliyot bilan integratsiyasini ta'minlash, o‘rmon fondi yerlaridagi dorivor o‘simlik turlarining zaxiralarini aniqlash, davlat tomonidan o‘simlik va hayvonot dunyosi obektlarini va ulardan foydalanish hajmlarini hisobga olish borasidagi hamkorlikdagi tadqiqotlarni olib borishga xizmat qiladi», – deyiladi qo‘mita axborot xizmati xabarida.

Mavzuga oid