Anjumanda institut tomonidan yaratilgan «Rutan» preparati grippni davolaş uçun bir neça yil avval yaratilgani, preparat olimlar tomonidan qayta işlanib, Özbekistonda va Uhan virusologiya institutida sinovdan ötkazilgani, şuningdek, SARS-CoV-2 virusi bilan kasallangan bemorlarni davolaş uçun samarador va organizmga zararli ta'siri kam bölgan dori vositasi ekani ta'kidlab ötildi.

Bioorganik kimyo instituti direktori akademik Şavkat Solihov virusning odam organizmiga qanday kirişi, mutatsiyalarga uçraşi, virusning asosiy zararli oqsillari va bunga qarşi qanday kuraşilişi hamda şu jarayonda olim özi işlab çiqqan preparatning boşqa muqobillaridan farqi böyiça tuşuntirib ötdi.

Şavkat Solihov

«Bugungi kunda SARS-CoV-2 virusi bilan kasallangan bemorlarni davolaş uçun samarador, organizmga zararli ta'sir körsatmaydigan dori vositalarini yaratiş öta dolzarb vazifa bölib qolmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda odamlar fikrini kuzatib şunga amin bölyapmanki, virus nima, u qanday işlaydi, unga qanday qarşilik qiliş mumkin, kabi ma'lumotlarga ega emas.

Koronaviruslarning hayot jarayoni va köpayişida hal qiluvçi vazifani virusning ikkita konservativ oqsillari: 3CL proteaza va polimeraza bajaradi.

Bugungi kunda COVID-19’ ni davolaşda 3CL proteaza va polimerazaning ingibitorlari sifatida «Kaletra», «Ribaverin», «Remsidivir», «Favipiravir» kabi preparatlardan foydalanilmoqda. Lekin bularning heç biri COVID-19 uçun çiqarilmagan.

Bu preparatlar virus tarkibida mavjud bölgan birgina nişonni ingibirlaydi, ya'ni zararsizlantiradi. Şuningdek, ularning qator nojöya ta'sirlari mavjud bölib, bemor bir neça oy özini noxuş sezadi.

Bioorganik kimyo instituti yaratgan «Rutan» preparati SARS-CoV-2 virusiga qarşi yuqoridagi dorilardan köra samaraliroq hisoblanadi, u antioksidantlik va antigipoksik xususiyatlarga ega. U SARS-COV-2 virusining 2 ta muhim fermenti: proteaza va polimerazani ingibirlaydi.

Hamyurtlarimiz, şuningdek, qanday qilib Özbekiston birinçi, deb taajjublanyapti. Bu rostdan ham birinçi, sababi ikkita asosiy fermentni bloklaydi. Bunaqa dorilarni butun dunyo qidiryapti, ikki-uç yilda bundan bir neça baravar kuçlilarini yaratişadi.