Aziza Şukurova, Koreya milliy universiteti talabasi:

– Janubiy Koreyada uç yildan beri öqiyman. Koreya milliy universitetining xalqaro munosabatlar fakulteti 2-bosqiç talabasiman. Qişki ta'tilda Özbekistonga kelgan edim. 18 martda Özbekiston havo yöllariga çiptam bor edi, aviaqatnovlar töxtatilgani tufayli 3 aprel sanasiga Asiana Airlines’ga çipta sotib oldim. Çipta puliga ham ançagina kuydik.
Har oy 400 dollardan, bir yil uçun esa 4800 dollar kontrakt puli tölayman. Hozir bizda onlayn dars bölayotgan edi, ammo 2-3 kundan beri universitetdan tinmay xat yozişyapti. Agar may oxiri-iyun boşigaça kelmasangizlar, sizlarni öqişdan çetlaştiramiz, kontrakt puli qaytarilmaydi, deyişyapti. Bizda aviareyslar yöqligini tuşuntirsam ham, ular qanday bölmasin yetib kelinglar, deb xabar berişyapti.
Sardorbek Ahmadullayev, Vusuk universiteti talabasi:

– Koreya Respublikasining Vusuk universitetida marketing yönalişida öqiyman. 2017 yilda Koreyaga borib, u yerda 2 yil davomida til örganib, bakalavriatning 1-bosqiçiga öqişga kirdim. Birinçi semestrni tugatdim. Qişki ta'tilga uyga kelgandim, 22 mart kuni ketişim kerak edi. Yöllar yopilgani uçun keta olmay qolib ketdim.
Universitetdan qaçon yetib kelasizlar, qaçon aviaqatnov tiklanadi deb bizga har kuni xabar yozişadi. Biz nima deyişni bilmaymiz, çunki yöllar qaçon oçilişi haqida ma'lumot yöq. Nima deyişni bilmasdan, mana oz qoldi, yaqinda karantin tugaydi deb aytib kelyapmiz.
13 maygaça bizga ruxsat berişdi, akademik ta'til oliş uçun röyxatdan ötinglar deyişyapti. Agar röyxatdan ötmasak, vizamiz bekor böladi, D2 vizadamiz hozir. Akademik ta'til olmasak, qayta viza ololmas ekanmas. Akademik ta'til olsak, bir yilni yöqotamiz va kontrakt pullarimiz ham kuyadi.
Özim Namangan viloyatining Yangiqörğon tumanidanman. Pandemiya tufayli bahorgi semestr darslarini onlayn şaklda ötib turibmiz. Bugun ham dars böldi. Hozir charter reyslar qöyilişi va öqişimizga tezroq yetib borişimiz – muammoning eng oqilona yeçimi. Şunda örnimizni saqlab qolib, tahsilni kelgan joyidan davom ettirişimiz mumkin böladi.
Koreyaga viza oliş ham juda qiyin. Katta pul tölaysiz, kontrakt tölaysiz. 2017 yilda vizaga topşirganimizda juda qiynalganmiz. Bizga öxşagan yoşlar köp. Viza bekor bölmasdan avval charter reys yoki boşqa ilojini qilib berişsa, juda ham xursand bölardik.



















