Munosabatda Omondara suv omborida hosil bölgan girdob aholiga xavf solmasligi ma'lum qilingan. Bu xabar vazirlikning telegram kanalida e'lon qilindi.
Omondara suv omboridagi uç yillik yoriq: quruq yozişmalardan çarçagan 20 ming kişi xavf ostida
Ammo bizning örganişlarimizda masala faqat töğonning aholiga xavf soliş-solmasligi haqida bölmagan. Xususan, vaziyatni kuzatar ekanmiz, kişida bir qança oğriqli savollar paydo böladi.
Birinçidan, suv omborlarni qurişdan özi maqsad nima? Aytaylik, zaxira yaratib, aholining ehtiyoji kuçaygan, suv tanqisligi ortgan vaqtda me'yor bilan suvni taqsimlab beriş. Isrofning oldini oliş. Omondaraga öxşaş sel suvi bilan hosil böladigan hududlarda aholining xavfsizligini ta'minlaş va şu kabi masalalar.

Afsuski, “Omondara” bilan boğliq birgina jihatning öziyoq hududda katta isrof va loqaydlikka yöl qöyilayotganini ifoda eta oladi. Jumladan, mana, töğon qurilaganidan buyon bir martada töplanişi zarur bölgan 375 ming kub suv zaxirasini uşlab turişning imkoni bölmayapti. Bu yoğin-soçinli kunlarda bir martada 100-150 ming kub suv oqizib yuborilyapti, degani. Nazoratçilarning aytişiça, bunday holat may oyining boşidayoq ikki-uç marta kuzatilgan. Mart, aprel oylaridagi yoğinli kunlar esa öz-özidan ma'lum. Buni yanayam yaxşiroq hisobini tabiiyki, soha mutaxassislariga juda yaxşi ma'lum. Vaholanki, uşbu suv töğonining qurilişidan dastlab közlangan maqsad ham suv tanqis bölgan hududda qöşimça 100 gektar yer maydonlarini özlaştiriş, aholi bandligini ta'minlaş edi. Xöş, bu maqsadga qançalik erişildi? Kerakli suvni uşlab turişning imkoni bölmayotgan bir vaqtda, u maqsad haqida öylaşning özi ham ortiqça, nazarimizda.

Ikkinçidan, suv omborni qurgan taşkilot – “Samarqandsuvqurilişinvest” davlat unitar korxonasi töğonda hosil bölgan girdobni bartaraf etiş uçun bir neça marta uringan, ammo natija yöq. Öz-özidan savol tuğiladi: sifatsiz suv ombori uçun nega heç kim javob bermayapti? Nega vazirlikning munosabatida loyihaçi, quruvçi, buyurtmaçi, umuman suv omborni topşiriş, qabul qilib olişga mas'ul bölganlar haqida heç narsa deyilmagan? Havoga sovurilgan mablağlarning hisobini kim söraydi?













