Ammo uşbu reportaj «Sardoba» haqida emas. Samarqand viloyatining Qaşqadaryo bilan çegaradoş Nurobod tumanidagi Omondara past bosimli suv töğoni töğrisida. Uşbu suv omborning bunyod bölişi bilan tengdoş «dardi» — girdob (voronka) haqida...

Tahririyatga Jom hududida joylaşgan mazkur suv töğoni nazoratçisi Sanjar Rahimov murojaat qildi.

Uning aytişiça, 2016 yil yozida foydalanişga topşirilgan uşbu inşootning tez orada nuqsonlari körinib qoladi. Bir yil ötmay, töğonda girdob hosil böla boşlaydi. Natijada 375 ming metr kub suv töplanişi kerak bölgan omborda bunça suvni uşlab turiş xavfli bölib qoladi. Qiziği — bu kamçilik va xavf yillar davomida loyihaçi, quruvçi, sohaning viloyat, respublika darajasidagi mas'ullariga xabar qilib kelinayotgan bölsa-da, masalaga negadir panja orasidan qarab kelinmoqda.

Omondara suv töğonida bölganimizda, nazoratçi Nurali Safarov navbatçilik qilayotgan ekan. U hudud ob-havosi nihoyatda tuşunarsiz va injiq ekanligini aytdi. Töğon sel yölida bölib, bahor va kuz oylarida istalgan daqiqada katta miqdorda suv keliş xavfi bor, dedi u.

Nazoratçi favqulodda holatlar kuzatilsa, «Avvalo, rahbarlarimizga xabar qilaman», dedi. Taassufki, bu hududda qariyb tört soat turgan bölsak-da, uyali telefondan foydalana olmadik. Aloqa yöq. Nurali aka zarurat bölganda, toğning tepasiga çiqib yoki aholi yaşaş punktiga tuşib, telefonidan foydalanar ekan. Suv ombor xodimlari uçun qurilgan şiyponda maxsus telefon apparati mavjud emas.