Hujjatning qoidalari davlat mulkini boşqariş, davlat uluşini tadbirkorlik sub'yektlariga beriş şartlari samaradorligini oşirişga qaratilgan.
Norma’ning yozişiça, qaror bilan ikkita nizom tasdiqlandi:
Davlat mulki obektlarining hisobini yuritiş tartibi töğrisidagi nizom;
Çet elda joylaşgan davlat mulki obektlarining hisobini yuritiş va ularni boşqariş tartibi töğrisidagi nizom.
Davlat mulki obektlarini onlayn rejimida yuritiş uçun "property.davaktiv.uz" sayti barpo etilmoqda. Unda barça obektlar, davlat uluşiga ega yuridik şaxslar, davlat avtotransport vositalari, intellektual mulk obektlari, foydalanilmayotgan yer maydonlarining töliq va aniq hisobi böladi.
Axborot har uç oyda yangilanadi, böş turgan obektlar esa joyiga çiqmagan holda va obektma-obekt yurmasdan aniqlanadi.
Mamlakatimiz taşqarisida joylaşgan davlat mulki obektlari böyiça aniq hisobi, pasporti hamda yagona reyestri yuritiladi. Davlatga tegişli korxonalar, aksiyalar paketi va mulkiy majmualarni sotiş xalqaro standartlar talablarini inobatga olgan holda amalga oşirilişi kerak.
Ikki oy muddatda Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga davlat mulki obektlari, şuningdek, çet elda joylaşgan davlat mulki obektlari töğrisidagi ma'lumotlarni taqdim etmaganlik uçun rahbarlarning javobgarlik çoralarini belgilaydigan özgartiriş va qöşimçalar kiritiladi.
Bir oy muddatda böş turgan obektlardan samarali foydalaniş böyiça namunaviy "yöl-xaritasi"işlab çiqiladi va tasdiqlanadi.
Davlat aktivlarini boşqariş agentligi matbuot xizmatining axborotiga köra, mamlakat hududida joylaşgan obektlar böyiça ma'lumotlar Agentlik va uning hududiy organlari söroviga binoan har olti oyda taqdim etilgan. Biroq qonunçilikda bunday axborotni taqdim etmaganlik uçun javobgarlik nazarda tutilmagan edi. Şu bilan bir qatorda, hisobotlarni tayyorlaş va qoğoz şaklida viloyatlar markazlariga jönatişda qiyinçiliklar mavjud edi.
Natijada 7 mingdan ziyod davlat obektlari böyiça axborot taqdim etilmagan, böş turgan obektlar böyiça ma'lumotlar obektma-obekt yurib yiğilgan. Davlat mulki töğrisidagi töliq bölmagan axborot va undan foydalaniş ustidan yetarliça nazorat örnatilmaganligi uni noqonuniy begonalaştiriş hamda Vazirlar Mahkamasining maxsus qarorisiz kafolat sifatida garovga qöyiş hollariga olib kelgan.











