Rim papasi Fransisk koma va undan keyin yurak töxtaşiga olib kelgan insult oqibatida vafot etdi. Bu haqda Vatikan soğliqni saqlaş böyiça direktori Andrea Arkanjyeli ma’lum qildi.
Rim papasi Fransisk 2025 yil 21 aprel kuni, Vatikandagi qarorgohi — Kasa-Santa-Martada olamdan ötdi. U 88 yoşda edi.
2025 yil fevral oyi örtalarida Rim papasi Fransisk bronxit taşxisi bilan şifoxonaga yotqizilgandi. Keyinroq uning holati keskin oğirlaşgan — unda ikki tomonlama pnevmoniya aniqlangan va bir neça bor sun’iy nafas oldiriş apparatiga ulangandi. 23 mart kuni Fransisk 38 kun davomida şifoxonada qolganidan keyin Vatikanga qaytgan edi. 20 aprel kuni u Vatikandagi Avliyo Pyotr maydoniga yiğilgan jamoat qarşisida köriniş berib, ularni Pasxa bilan tabriklagandi.
Rim papasi bilan vidolaşuv 23 aprel kuni Avliyo Pyotr saborida bölib ötadi. Fransiskning dafn marosimi 25-27 aprel oraliğida ötkazilişi mumkin. Aniq sanani katolik çerkovi kardinallari belgilaydi.
Rim papasi Fransisk 2022 yil iyunda vasiyatnoma yozgan bölib, unda özining Santa-Mariya-Majore bazilikasida dafn etilişini xohlaşini bildirgan. Pontifik marosimga tayyorgarlik köriş uçun mablağni xayriya qiluvçilardan olişni buyurgan.
Şuningdek, Fransisk özining kelajakdagi qabri tuzilişini ham tasvirlab ketgan. «Qabr yerda, oddiy, ortiqça bezaklarsiz bölişi, unga faqat «Fransisk» yozuvi tuşirilişi kerak», — deyiladi pontifik vasiyatida.

















