Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pillachilik va tutchilik tashkilotlari xarajatlarining bir qismi qoplab beriladi
Pillachilik va tutchilik tashkilotlariga tutzorlarda tomchilatib sug‘orish tizimlarini joriy etish, suv chiqarish uchun burg‘ilangan quduqni, shuningdek, daryolar, kanallar va boshqa suv havzalaridan suvni tortish uchun nasos stansiyasini qurish bo‘yicha xarajatlarning bir qismini qoplab berish tartibi tasdiqlanadi.
Vazirlar Mahkamasining “Pillachilik va tutchilik tashkilotlariga tutzorlarda tomchilatib sug‘orish tizimlarini joriy etish, suv chiqarish uchun burg‘ilangan quduqni, shuningdek, daryolar, kanallar va boshqa suv havzalaridan suvni tortish uchun nasos stansiyasini qurish bo‘yicha xarajatlarning bir qismini qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Yangi intensiv mevali va ozuqa tut plantatsiyalarini tashkil etishda suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy qilish bilan bog‘liq xarajatlarning bir qismini qoplab berish maqsadida:
joriy etilgan tomchilatib sug‘orish tizimlari uchun subsidiyalarning bazaviy hisoblash miqdori ekin maydonining har bir gektari uchun 8 million so‘mgacha;
maydoni 35 gektardan ziyod tutzorlarda suv chiqarish uchun burg‘ilangan quduqni, shuningdek, daryolar, kanallar va boshqa suv havzalaridan suvni tortish uchun nasos stansiyasini qurishga 120 million so‘mgacha subsidiya taqdim etiladi.
Agar shartnomada suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy qilish va suv chiqarish uchun burg‘ilangan sug‘orish quduqlari, shuningdek, daryolar, kanallar va boshqa suv havzalaridan suv tortish uchun nasos stansiyalarini qurishga sarflangan xarajatlar belgilangan subsidiya miqdoridan kam bo‘lgan taqdirda, subsidiya shartnomada nazarda tutilgan summaga ajratiladi.
Pillachilik va tutchilik tashkilotlariga yangi tut plantatsiyalarida tomchilatib sug‘orish texnologiyasini suv chiqarish uchun burg‘ilangan quduqni, shuningdek, daryolar, kanallar va boshqa suv havzalaridan suvni tortish uchun nasos stansiyasini qurish bo‘yicha xarajatlarning bir qismini qoplab berish uchun mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi budjetidan faqat bir marotaba ajratiladi.
Tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy etish bo‘yicha xarajatlarning bir qismini qoplash uchun har bir gektar yangi intensiv tut plantatsiyasi maydoniga subsidiya miqdori uning bazaviy hisoblash miqdoriga yerlarning bonitet ballaridan kelib chiqadigan koeffitsiyentni ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi.
Har bir tumanda tomchilatib sug‘orish texnologiyalarini joriy etish va (yoki) suv chiqarish uchun burg‘ilangan sug‘orish quduqlari, shuningdek, daryolar, kanallar va boshqa suv havzalaridan suv tortish uchun nasos stansiyalarini qurish istagini bildirgan talabgorlarning arizalarini qabul qilish va joyiga chiqib o‘rganish, tomchilatib sug‘orish texnologiyalari joriy etiladigan va suv chiqarish uchun burg‘ilangan sug‘orish quduqlari, shuningdek, daryolar, kanallar va boshqa suv havzalaridan suv tortish uchun nasos stansiyalari quriladigan yer uchastkalarining maydonlari, shart-sharoitlari, yer bonitet balli va sho‘rlanish darajasi, yetishtiriladigan yangi intensiv tut plantatsiyasiga mosligi, suv va elektr energiyasi bilan ta'minlanganlik darajasi va boshqa tomonlarini ko‘rib chiqish, shuningdek, talabgorlarning moliyaviy holatini o‘rganish natijalari yuzasidan xulosalar berish maqsadida ishchi komissiyasi tuziladi.
Talabgorlar kelgusi yilda suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish va (yoki) suv chiqarish uchun burg‘ilangan sug‘orish quduqlari, shuningdek, daryolar, kanallar va boshqa suv havzalaridan suv tortish uchun nasos stansiyalarini qurish bo‘yicha har kalendar yilining 1 oktyabrga qadar tuman ishchi komissiyasining ishini tashkil etuvchi “Agropilla” mas'uliyati cheklangan jamiyatiga ariza bilan murojaat qiladi.
Mavzuga oid
08:20 / 20.05.2026
O‘zbekiston suv iste’moli yuqori davlatlar reytingiga kirdi
17:59 / 16.05.2026
O‘zbekiston kunlik suv iste’moli yuqori bo‘lgan davlatlar qatoriga kirdi
07:18 / 05.05.2026
Suvni ifloslantirganlik uchun jarima miqdori keskin oshirildi
18:55 / 19.04.2026