Xöş, pandemiya şaroitida dunyo musulmon mamlakatlari bu yilgi Ramazon bayramini qanday nişonlaydi? Ramazon bayrami namozi öqiladimi?

Quyida ayrim mamlakatlar misolida şu xususda ma'lumot beriladi.

Turkiya

Covid-19 epidemiyasiga qarşi kuraşiş doirasida uşbu mamlakatning 81 viloyatida arafa kuni va Ramazon bayramini ham qamrab oluvçi 4 kunlik komendantlik soati joriy etildi. Şu tufayli bayram kuni tongda masjidlarda bayram namozi öqilmaydi. Bu haqda mamlakatning diniy işlar böyiça Oliy kengaşi raisi örinbosari Zeki Sayar ma'lum qildi. U musulmon birodarlarga bayram kuni erta turişni, Qur'on öqişni va zikr qilişni, şu orqali bu yilgi bayramga jon kiritişni maslahat bergan.

Avvalroq Diyonat işlari vaziri Ali Erboş bayram namozi haqida bayonot bergandi.

«Bayram namozi öqiladigan payt musulmonlardan şukr va tafakkur qilişlarini, bayram namozi onlarini özlari va oilalari, qolaversa, butun insoniyat uçun duo qilib keçirişlarini sörayman. Töğri, avvalgi yillardagi kabi yaqinlarimizni ziyorat eta olmaymiz, ammo telefonlar va raqamli texnologiyalar yordamida ularni albatta bayram bilan tabriklaylik, bayram gözalligini yaşaylik», dedi u.

Saudiya Arabistoni

Bu mamlakatda ma'murlar 24 soatlik komendantlik soati 23 may kuni Iyd al-Fitr bayrami boşlanişi kutilayotgan paytda kuçga kirişini e'lon qildi. Uşbu çeklov 27 may, ya'ni bayramning sönggi kuniga qadar saqlanib qoladi.

Uşbu holat qirollikda yaşovçilar uçun çeklovlar kuçayganini anglatadi. Hayit bayrami arafasida Saudiya Arabistoni fuqarolari va aholisiga ertalab soat 09:00dan soat 17:00ga qadar erkin harakatlanişga izn berilgandi.

Saudiya Arabistoni muftiysi şayx Abdulaziz aş-Şayx bayram namozini uyda öqiş uçun fatvo berdi.

«Hozirgi pandemik vaziyatga öxşaş bölgan alohida şaroitlarda Ramazon namozini uyda ötkazişga ruxsat berilgan», dedi u «Saudi Gazete»ga bergan intervyusida.

Misr

Misrda komendantlik soati sahar soat 4:00dan keçqurun 17:00gaça davom etişi va 24 may – bayram kunidan e'tiboran olti kunga jamoat transporti töxtatilişi ma'lum qilindi. Ramazon oyi oxirida dökonlar, restoranlar, parklar va plyajlar dam oliş uçun yopiladi. 

Marokaş

Covid-19 tadbirlari doirasida masjidlar yopilgani tufayli uşbu mamlakatda Ramazon bayrami namozini uyda öqiş töğrisida fatvo berildi. Marokaş Oliy Ilmiy Kengaşining yozma bayonotida Covid-19 tarqalişi xavfi mavjudligi tufayli uylarda bayram namozini öqiş joiz ekani aytildi.

Jazoir

Mamlakat boş vazirining yozma bayonotida Ramazon bayramining birinçi kunidan boşlab jamoat joylarida niqob taqiş majburiy ekanligi, körsatmalarga rioya qilmaganlar jazolanişi aytildi.

Avvalroq hukumat Covid-19 tadbirlari doirasida Ramazon bayramining dastlabki ikki kunida 18 soatlik komendantlik soati joriy etilişini ma'lum qilgandi.

Şuningdek, Livan, Iordaniya va boşqa musulmon mamlakatlari ham bayram arafasida töliq komendantlik soatlarini e'lon qildi.

Prezident Şavkat Mirziyoyevning Ramazon hayitini nişonlaş töğrisidagi qaroriga muvofiq, Özbekistonda Ramazon hayiti 24 may kuni nişonlanadi. Bayram karantin talablariga muvofiq, xalqimizning milliy va diniy an'analariga mos ravişda ötkazilişi belgilangan.

Yaqin vaqtlar içida Özbekiston musulmonlari idorasining 2020 yil Ramazon hayitini nişonlaş töğrisidagi Bayonoti e'lon qilinişi kutilmoqda.